“KHOREZM HOLOD” muzqaymoqlari
Mamlakatimizda mahsulot ishlab chiqarish, xususan, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hozirda viloyatimizda ham turli xildagi muzqaymoqlar zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilmoqda. Buni Urganch shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “KHOREZM HOLOD” xususiy korxonasi misolida aytishimiz mumkin. Korxona tomonidan Xitoy texnologiyasi asosida aholiga kuniga 3 tonna sutni qayta ishlab 18 turdagi muzqaymoq etkazib berish yo’lga qo’yilgan.

- Davlatimiz rahbarining 2011 yil 31 oktyabrdagi “2012-2015 yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori keng omma qatori biz uchun ham muhim dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. Xozirda korxonamizda 18 nafar ishchi-xizmatchi mexnat qilmoqda, shularning 60 foizini yoshlar tashkil qiladi. Chunki yoshlarning yuksak texnologiyalar asosida ishlashga qiziqishi kuchli va bu amaliyotda o’z isbotini topmoqda. Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlardan yoshlarimiz samarali foydalanishga harakat qilmoqda, ular ishimizning davomchilari axir, shuning uchun har yili ularni xech ikkilanmasdan ishga qabul qilamiz - deydi “KHOREZM HOLOD” xususiy korxonasi ish boshqaruvchisi Ulug’bek Raximov.

“KHOREZM HOLOD” muzqaymoqlari nafaqat viloyatimiz shahar va tumanlariga balki qo’shni Buxoro va Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasiga ham korxonaning 6 ta mavjud muzlatkichli mashinasida sifatli holida etkazib beriladi.

Korxona jamoasi ayni paytda xaridor ta’bi va bozordagi talabni o’rganib yangi turdagi mahsulotlar tayyorlashning yangi retsept va usullarini o’zlashtirish ustida ish olib bormoqda.

Shonazar Karriev,
Muallif olgan suratlar.

KO`P O`QILGANLAR