Yangi “Labo” avtomobilini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi
«O’zavtosanoat» AK matbuot xizmatining rahbari Rustam Rasul-Zodaning «Telegraf.uz» Axborot-tahliliy portaliga bergan xabariga ko’ra, joriy yilnin 27 iyul kuni «DjiEm O’zbekistan» AJ tomonidan «Labo» rusumli avtomobil ishlab chiqarilishini yo’lga qo’ydi.

«Labo» avtomobili ishlab chiqarishini o’zlashtirish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrda qabul qilingan «2015 yil uchun O’zbekiston Respublikasi investitsiyaviy dasturi to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

Loyihaning umumiy qiymati 5,9 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi. «Labo» ishlab chiqarishining yillik quvvati 5 ming donani tashki qiladi. «Shevrole Labo» - 550 kg.gacha yuk ko’tarish quvvatiga ega bo’lgan o’rtacha mini-yuk mashinadir. «Damas» rusumining modifikatsiyasi hisoblangan avtomobil ochiq bort kuzoviga ega bo’lib, qisqa masofalarga shahar va qishloq joylarda tashuvlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan.

Avtomobil sig’imi 0,8 litr, quvvati 38 ot kuchiga teng uch tsilindrli dvigatel, besh bosqichli mexanik uzatish qutisi bilan jihozlanadi. Qayd etish kerakki, ushbu model «Xorazm Avto» yangi zavodida ishlab chiqariladigan uchinchi avtomobil bo’ldi. Avval, bu erda «Damas» va «Orlando» avtomobillarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan edi.

Telegraf.uz

KO`P O`QILGANLAR