Qo’qon xonligining tugatilishi. Xudoyorxon va Rossiya tajovuziga qarshi xalq harakatlari
Rus davlati Buxoro va Xiva xonliklariga qarshi urush olib boraetgan yillari Qo’qon xonligida chuqur siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy inqiroz hukm surmoqda edi. Bu vaqtlarda xonlik erlarining yarmi Rus davlati tomonidan bosib olingan bo’lib, uning chegarasi asosan Farg’ona vodiysidan iborat edi.

Xudoyorxon siyosiy jihatdan o’ta ko’rligi, qo’rqoqligi va shaxsiyatparastligi orqasida ruslarning ham, xalqning ham kuz o’ngida o’z obro’sini to’kkan edi. U qanday bo’lmasin, taxtni saqlab qolish uchun Rus davlatiga tayanishga, unga o’zini yaxshi ko’rsatishga qattiq tirishdi. U rus hukumati vakillariga sodiqligi va har qanday xizmatga tayyorligi haqida birin ketin xatlar yozib turdi. Hatto Rossiya bilan xonlikni bir davlat deyishgacha bordi. Masalan, u bu xususda 1869 yil 18 aprelda Turkiston generalgubernatorligi ma’muriyatiga shunday xat yozgan: «Sizlar tomonga qochib o’tgan sarboz Tursunqulov bilan yuborgan samimiy xatingizni oldim. Sizga nisbatan bo’lgan do’stlik tufayli mazkur sarbozni kechirib, sarpo kiygizdik va xursand qildik. Chunki u begona davlatga emas, balki Qo’qon bilan bir davlat — Rossiyaga, ya’ni bir mamlakatga qochgan».

Demak, Xudoyorxon o’z vaqtida xonlik qilib, dushman tarafiga o’tgan kishini afv etib, bu bilan Rossiyaga sodiqligini izhor etgan. Ayniqsa, uning «bir davlat» xaqidagi gaplari Rus davlatining itoatkor xizmatkoriga aylanganidan dalolat beradi.

Turkiston generalgubernatorligi ma’muriyatining Xudoyorxonga yuborgan javob xatida uning so’zlaridan mamnun bo’lganliklari uqdirilgan.

Xudoyorxon Rossiya panohida taxtda utirishni va ayshu ishrat qilishni afzal ko’rdi. «U, — deb ezgan edi Ibrat, — Rusiyadan xotirjam bo’lib, vaqtini o’yin-kulgu bilan o’tkazub, qush solmoq va ko’pkari chopmoq yo’llarinda bo’lub, ulamo va fuzalo nasihatlariga amal qilmay, jabru zulm tarafiga o’tib turganida, raiyatu xalq (undan) yuz o’girdi» (Isxoqxon Junaydulloxoja ug’li (Ibrat), Farg’ona tarixi.

Xudoyorxon davlat manfaatlari va taqdirini o’ylamay, Rossiyaga orqa qilib, ko’ngliga nima kelsa, shuni qilavergan. Shu boisdan mahalliy va rus manbalarida xonni qoralovchi ma’lumotlar serobdir. Ularda Xudoyorxon tengi yo’q ochko’z, molparast, uta shafqatsiz va zolim sifatida tasvirlanadi. «Xudoyorxon, — deb ko’rsatiladi manbada, — ko’p badavlat bulib, xotinlarni ko’paytirishga hirs qo’ygan. Kayfu safoni, rohatni va tinchlikni yaxshi ko’rgan. Xalqning foydasiga ish yuritmagan... Mamlakatning turli tomonlarida bir nechta bog’larida gullar orasida kayfu safo qilib etgan, bedana, kaklik va xo’rozlarni urishtirish bilan shug’ullangan. Masxarabozlar va hofizlar hamda ma’nosiz o’yinlar bilan umrini o’tkazgan.

Molu dunyoga haddan zieda hirs qo’ygan va o’zining xazinasini boyitish uchun ko’p soliqlar solgan» (Ahmad Zaki Validiy. «Xudoyorxonning sunggi kunlari».

Xudoyorxon davlat xarajatlarini kamaytirib, shaxsiy boyligini orttirishda hech narsadan toymagan. Oqibatda ma’muriyat vakillarining ta’minoti nochor holga tushib qolgan. Xon xohlagan er, qishloq va ovulni tortib olib, o’z mulkiga aylantirgan. Uning vijdonsizligi shu darajaga borganki, o’z piri va eshoni Miyon Sohib hazratning Shohoyim ismli xotinini zo’rlik bilan xotinlikka olgan.

Uning o’zi «ko’p yomon tabiatli kishi bo’lib» yoqtirmagan kishilarini qattiq jazolagan va xalqning muhabbatini qozonishni xayoliga ham keltirmagan.

«Xudoyorxonning mana shunday ishlari va razil axloqi xalq, beklar, sipohiylar, boylar va ulamolarning noroziligini chaqirgan».

Xudobrxon soliq turlarini kashf etishda va ularni undirishda tengi yo’q ustasi farang bo’lgan. Masalan, bir bog’ xashaqdan, bir piyola sutdan, o’nta tuxumdan, masxarabozlardan, ayiq o’ynatuvchilardan, do’kon qorovullaridan olinadigan va boshqa xilmaxil soliqlarni kashf etgan.

Xudoyorxon barcha narsalardan soliq to’plab, katta boylik orttirgan. Bu haqda rus manbalari ham dalolat beradi: «Soliqlar olinadigan buyumlarning turlari juda ko’p bo’lib, ular imkoni boricha barcha narsalardan olinib, xalq tom ma’noda shilingan. Hatto kambag’allar keltirib sotadigan qamish, shoxshabba, yantoq va shunga o’xshash narsalardan soliqlar undirilgan. Keyingi vaqtlarda tog’lardan ariqlar orqali oqib keladigan suvlarga ham soliq solingan. Faqat nafas olinayotgan havodan soliq olinmagan, xolos. Bu hol xonga qarshi norozilikning asosiy omillaridan biri bo’lgan edi».

Xudoyorxonning qattiq zulmi va adolatsizligi, og’ir iqtisodiy haet hamda uning Rossiyaning xizmatkoriga aylanishi xalq g’azabini qo’zg’atdi. Shuning uchun xonga qarshi xalq bilan birgaliqda saroy harbiylari va amaddorlari, ruhoniy va savdo vakillari ham bosh ko’tardi. Bunda o’zbeklar, qirg’izlar va tojiklar faol qatnashib, vatan xoini Xudoyorxonga va Rus davlatining tajovuziga qarshi kurashdilar. Bu harakatning yuzaga kelishida qirg’iz Mulla Ishoq mulla Hasan o’g’li ham muhim o’rin egallab, Po’latxon nomi bilan shuhrat qozongan edi. Mulla Ishoq taxminan 1844 yili tug’ilgan. Uning otasi Mulla Hasan o’qimishli kishi bo’lib, Marg’ilondagi Oqmadrasada mudarrislik qilgan. Mulla Ishoq dastavval Qo’qondagi Tunqatorda, sungra otasi huzurida ta’lim olgan. Bir necha yil o’tgach, ya’ni 1867 yili Farg’onadagi So’xga kelib, o’z qabiladoshlarining yaylovida 2 yil yashagan, so’ngra Uhndagi masjidda imomlik qilgan. Ko’p o’tmay u Andijon shahriga borib, masjidlarning birida imomlik qilgan. Ayni bir paytda tamaki savdosi bilan shug’ullanib, Toshkentga qatnab turgan. Bu erda Mulla Ishoq xonlikning nufuzli kishilaridan biri quramalik Abdumo’min otaliq bilan do’stlashib, Toshkentga keladi. Xonlikning siesiy kurashlarida faol qatnashgan va ko’pni ko’rgan Abdumumin ko’p voqealarni gapirib berib, Mulla Ishoqning siyosiy ongini uyg’otadi. Bu vaqtda, ya’ni 1872 yili Sherdodxoh boshchiligidagi bir necha qirg’izlar Samarqandga borishib, Qo’qon xoni Olimxonning nevarasi Po’latbekni taxtga o’tqazish haqidagi maqsadlarini bayon etadilar. Bu ishni amalga oshirishda qirg’iz qabilalari bevosita yordam berishlari ma’lum qilinadi. Ammo taxt uchun kurashlarda buvasi Olimxon va otasi Ibrohimbek o’ldirilganligini esdan chiqarmagan Po’latbek taklifni qabul etmaydi. Shundan keyin Sherdodxoh Toshkentga kelib, Abdumo’min otaliq xonadonida mehmon bo’lib, Po’latbekning rozi bo’lmaganligini so’zlaganda Mulla Ishoq uning nomi bilan taxt uchun kurashishni zimmasiga olgan. Shu ravishda Mulla Ishoq Po’latbek, ya’ni sobiq hukmdor Olimxonning nevarasi sifatida siyosiy kurashga kirishadi. U xalqning Xudoyorxon zulmi va Rus davlatiga qarshiligini yaxshi anglagan hodda harakat qilib, Namangan uezdining shimoliy qismidagi, ya’ni Koson va Nanay oralig’idagi Qutluq Sa’id qabilasining yordami bilan atrofiga 500 kishini tuplaydi. Shu ravishda Pulatbek boshchiligidagi qo’zg’olon boshlangan edi. Aytib o’tish lozimki, bu vaqtgacha Ma’mir Merganov boshchiligida Andijon uezdida qirg’izlar va Ma’mun Shoumurzoqov rahbarligida Chotqolda qo’zg’olonlar ko’tarilgan edi. Ular xon askarlari tomonidan bostirilgan. Po’latbek boshchiligidagi xalq harakati o’sha qo’zg’olonlarning davomi edi.

Namangan shahriga Abdurahmon oftobachi boshchiligidagi hukumat qo’shini kelganida Po’latbek tuqnashuvdan qo’rqib, chekinishni lozim topdi. Ammo Kosonda xon askarlari bilan to’qnashuvda mag’lubiyatga uchradi. Abdurahmon oftobachi uning ko’p safdoshlari va qo’zg’olon qatnashchilarini o’ldirdi hamda asir oldi. Po’latbek bir guruh kishilari bilan Chotqol tog’lariga qochishga ulgurdi. U 1875 yilning boshlarida Chotqoldan chiqib, Qo’qon atrofidagi Laylakka kelib, 200 kishini to’pladi. O’sha yili iyulning birinchi yarmida Po’latbsk Uzganda ko’tarilgan qo’zg’olonga boshchilik qilib, xonlikka katta xavf tug’dirdi. Ularga qarshi xon Isa Avliyo, Abdurahmon oftobachi va Sarimsoq eshik og’asi boshchiligida 4000 kishilik askar yuborgan. Biroq 1875 yil 28 iyulda bu yirik amaldorlar qo’shin bilan qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib, birlashganlar. Xudoyorxonning o’g’li Andijon hokimi Nasriddinbek 5 ming kishilik qo’shin bilan ularga qo’shilgan. Xonlikning asosiy harbiy qismlari va lashkarboshilarning qo’zg’olog’g’chilar tomoniga o’tib ketishi Xudoyorxon taqdirini hal etgan omil bo’ldi. O’sha kezlari xon bilan suhbatlashgan G. Vayenbergning so’zicha, Xudoyorxon «qo’zg’olonchilar ruslarga qarshi kurashishni» maqsad qilib qo’yganligini aytg’an. Qirg’izlarning g’azot bayrog’i ostida bosh ko’targanliklari ham shundan dalolat beradi. Bu xususda Kaufman ham 1875 yil 15 sentyabrda harbiy vazirga yozgan xatida gapirib: «Butun Qo’qon aholisi bizga qarshi ochiqdanochiq bosh ko’tardi», — degan. Endilikda Xudoyrxonning Rossiya kuchlariga tayanishdan boshqa iloji qolmay, erdam so’rab Kaufmanga murojaat etdi. «Shu kunlardagi og’ir va baxtsiz paytlarda, — deyiladi unda, — mening Mulla Isa Avliyo, Abdurahmon parvonachi va Xolnazar parvonachi singari eng ishonchli kishilarim qo’shin bilan dushmanlarim — qirgiz quzg’olonchilariga qo’shildilar hamda menga qarshi urushmoqchilar.

Men hamma vaqt siz, oliy hazratlaridan do’stlik va yordam kutib turganligim boisidan bu gal ham meni e’tibordan chetda qoldirmagaysiz. Shaxsan o’zimni va Qo’qon xonligini ulug’ imperator janoblarining ixtiyoriga topshiraman hamda qo’shinni to’plar bilan birgaliqda imkoni boricha tezroq Qo’qon shahriga yuborishingizni so’rayman» ( Pamyat o Fergane. 1901, str. 17—18.).

Xudoyorxon uzilkesil o’zini ham, butun xonlikni ham butunlay bosqinchilar oyog’i ostiga tashladi. U shu darajada ishonchni yo’qotgan ediki, fursatni g’animat bilib, qochishga qaror qiladi. «Oxir ulamr sakson aroba ko’ch xazina va oyimlar, bekalar, etti aroba tanga» bilan 1875 yil 22 iyulda yo’lga chiqadi. Uning yonida 4000 piyoda va 2000 otliq askar, 68 to’p borgan. Biroq Quqondan 10 chaqirim yurganlaridan keyin mazkur qo’shin xonni tashlab ketgan. Xon 500 askar bilan yo’lni davom ettirgan. Qo’qondan harbiy qismlar Xudoyorxonni tutish uchun ketidan quvgan va to’qnashuvlar oqibatida xon askarlaridan 8 kishi o’ldirilgan, 9 kishi yarador qilingan. 1875 yilning 7 avgustida Xudoyorxon Xo’jandga kelgach, Toshkentdagi rus harbiy ma’muriyati ishonchini qozongan kishilar, xususan, Sa’idazimboy vositachiligida generalgubernator bilan qanday muomalada bo’lish haqida maslahat so’rab, bir kishini uning huzuriga 6 ming tanga va xat bilan jo’natgan.

Bu kishi Sa’idazimboy huzurida bo’lib, xatni berganda u bir nufuzli rus amaldorining uyiga pul bilan borgan. Bu amaldor Xudoyorxon Kaufmanga «Man yurtimga borub, mamlakatni tinchitib, o’rnumg’a noib qo’yub, so’ngra borurman», desa foydali bo’ladi, degan. Ammo xon Toshkentda Kaufman bilan uchrashganida buning o’rniga, «Meni imperatorni ko’rish uchun yuborishingizni so’rayman», — deganini o’zi bilmay qolgan. Gubernator bunga rozilik bildirib, yo’lga otlanishni aytgan hamda qilichining uchini sekin oynaga urib qo’ygan. Nima uchun bunday qilganligining sababi noma’lumligicha qolgan. Shunda nufuzli kishilardan biri xonga: «Evoy, qani ul qancha harakatlar ilan (Toshkentdan) topgan so’zlarimiz, nimaga demadingiz», — deganida u: «O’sha so’zlar dilimda takror erdi, ammoki, mani tilim muxolifat etdi, tilim xo’b degandin keyin bildim», — degan. Yana, xon «Ish quldan ketaturgan bo’lganda kishini o’z a’zoyi javorasi ham muxolif bulur ekan, uzim ham hayron bo’ldum», — degan.

«Shundan keyin, — deydi voqea guvohlaridan biri, — hammamiz birdan xafa bo’lduk. Yig’isig’i, ko’z yoshi buldi. O’shal kun generalgubernator darhol qog’oz buyruq chiqardi: «Ertaga xon O’rinburg’ga jo’nasun», deb. Xon taqdirga tan qo’ymay, emdi, maslahati harakat bo’ldi. Xonni ra’yi bekzodlar va oyimlarni Toshkentda qo’yub, ketmoq ma’qul bo’lmadi, na uchunki, anda ishonchlik odam bulmadi. Turkistonda o’zlariga qaragan e’timodlik kishilar bo’lgani uchun ahli ayollarni Turkistonda qo’yub ketmoq muqarrar buldi.

Ertasi qibmda jo’naduk. Xon ilan etmish kishi edi. Mundan Atobek noyib qo’lida yuz ellik adad sipohlar ham bor erdi. Toshkanddan jo’nab, bir qo’nub Chimkandga borduk. Anda bu xafaliklarimiz ustiga xon Atobek noyibga bir nima, dedi. Noyib xonga bir nima, dedi. Gina va afsus to’g’risida birbirlari aroz bo’lub, jami’ yuz ellik sipohni olib, Atobek noyib Chimkanddan Xo’qandga qaytdi. Xon qolgan kishilar bilan jo’nadi. Turkiston borildi. Xon Muso Ali mingboshi havlisiga tushti. Bekzodalar va ayolg’a alohida havli tayyorlab berdilar. Anda xon besh kun turub, ahli ayollar bilan vidolashib, Turkistondan jo’naduk. Mahramlar bilan birga eduk. Turkistondan chiqub, bir Qulunsuron degan erga borildi. Anda etib, ertasi xon mahramlarga javob berib, aytdiki: «Har qaysilaringni ahli ayollaring bor, bizni boshimizdagi taqdirga o’zimiz mubtalo, sizlar ovora bo’lmanglar, deb har qaysilarimizga birmunchadan tanga berdi, fotiha berdi. Bizlar qaytduk».

Ko’rinib turibdiki, Xudoyorxonning taqdiri zolimligi, kaltafahmligi va ona yurtga xoinlik qilganligi tufayli juda fojeali bo’ldi.

1873 yili polkovnik Skobelev harbiy vakil sifatida bir necha soldat bilan Qo’qonga yuborilgan edi. U bilan birga harbiy topograf Rednev va tashqi ishlar vazirligining vakili Veyner ham borgan. Ular Xudoyorxon bilan birga Xo’jandga qaytishga majbur bo’lgan edilar.

Ruslar foydasi tegmaydigan bo’lganidan so’ng Xudoyorxonni taqdirlash u yoqda tursin, xalq hisobiga to’plagan xazinasini ham tortib oldi va o’zini Orenburgga surgun qildi. Xonni bu erga Mulla Ma’ruf dodxoh, Qosim to’qsoba, Jamil xazinachi, Muhammad sharbatdor, Xursand va Mullacha (har ikkalasi qul), Mirzaboy sag’ir va Toji mahram degan kishilar kuzatib borganlar.

Xudoyorxon Qo’qondan chiqib ketishidan oldinoq yuqori tabaqa vakillari taxtga uning o’g’li Nasriddinni va boshqa nomzodlarni o’tqazishga kirishgan edilar. Abdurahmon oftobachi boshchiligidagi guruhlar Nasriddinni taxtga o’tqazishga muvaffaq bo’ldilar. Bu xon Turkiston generalgubernatorligi bilan guyo yaxshi aloqalarni o’rnatish maqsadida Kaufmanga xat yuborgan. Bunda u o’zining taxtga o’tirganligini ma’lum qilish bilan barobar, do’stona aloqada bo’lish haqida so’z yuritgan. Aslida esa, u Rus davlatining tajovuziga qarshi kuchlarni to’plashga urindi. Xususan, u Buxoro amiriga quyidagi mazmunda xat jo’natgan: «Otam o’rniga taxtga o’tirgan men sizga ma’lum qilamanki, hozirda din himoyasi uchun kurashga otlangan shahar va dasht aholisi katta kuchg’ayrat bilan bosh ko’tardi.

Ona Vatanga muhabbat va sodiqlik hamda din uchun kurash shuncha ko’p odamlarni bir joyga jamladiki, sonsanog’i Xudodan boshqa hech kimga ma’lum emas. Meni Andijondan keltirishib, kofirlarga qarshi kurashishni zimmamga yukladilar. Biz taxtga ega bo’ldik, shahar va dasht aholisi bizni xonlik libosi bilan ziynatladi. Hozirda kofirlar o’tadigan har bir yo’lga harbiy qismlar yubordik. Shaxsan meni o’zim ham kofirlarga qarshi kurashish maqsadida behisob qo’shin bilan yo’lga chiqdim.

Oliy hazrat! Sizni otam o’rnida va islomning yirik hukmdorlaridan biri sifatida ko’rib, o’zimizni ishlarimiz va ezgu maqsadlarimizni izhor etmoqdaman!»

Sayidali xo’ja Abdusattor Ma’zum o’g’li tomonidan amirga topshirilgan mazkur xatdan aynki, Nasriddinxon Buxoro xonligini oshkora bo’lmasada, uning harakatlariga xayrixohlik bilan qarashga chaqirgan. Abdurahmon oftobachi va Isa avlie ham Buxoro amiriga o’sha mazmundagi xatlarni yuborgan. Nasriddinxon va uning atrofidagi Abdurahmon oftobachi boshliq hokimiyat vakillarining yurgizgan siesatini belgilashda Toshkent aholisi va nufuzli kishilarga, jumladan, Sa’idazimboyga yuborilgan murojaat ham diqqatni jalb etadi: «Mana 12 yil o’tdiki, — deyilgan unda, — la’nati ruslar Xo’jand, Toshkent, O’ratepa va Samarqandni bosib olishib, din sho’’lasini o’chirdilar va islomga zien keltirdilar. Shuning uchun barcha musulmon ahli urushni muqaddas burch, deb hisoblaydi. Xudoerxon bo’lsa, ruslar bilan do’stona munosabatda bo’lib va ko’p sovg’alar yuborib, xatoga yo’l qo’ygan edi. U bizning dinni qattiq ushlash haqidagi nasihatimizga kirmay, oq podshohga berildi, islom dinidan qaytdi va qalbaki oq podshohga epishib oldi hamda bizni oramizdan chiqdi. U bularni hammasini shaxsiy manfaatlarini o’ylab qilgan edi. Shundan keyin barcha ruhoniylar va xizmatchilarning vakillari, hamma kattakichik odamlar bir yoqadan bosh chiqarib, kelishmovchiliklarni bartaraf etgan holda, xonning katta o’g’li Sa’id Muhammad Nasriddinni taxtga o’tqazdilar. Bizni davlatimizdan 3 lak, ya’ni 300.000 kishi chiqadi va bu bilan biz katta kuchga egamiz. Biz, kattakichik hammamiz hamda har bir kishi alohida kurashishni muqaddas burch deb bilib, bir kishi qolgunga qadar jang qilamiz va Xudoning marhamati ila g’alabaga ishonamiz.

Agarda hozir sizlar bu xatni olganingizdan keyin musulmon dinini himoyasi uchun muqaddas urushni xohlasangizlar, u vaqtda bir joyga to’planib, urushga tayer turinglar».

Abdurahmon oftobachi va Mulla Isa Avliyo imzosi bilan bitilgan xat shuni ko’rsatadiki, xonliqdagi xalq harakati Rus davlati va uning tarafdori Xudoyorxonga qarshi qaratilgan ozodlik kurashi hisoblangan. Ammo shunisi taajjublanarliki, o’sha xatlarning mualliflari amir va Sa’idazimboyning Rossiyaning sodiq tarafdorlari ekanini bila turib, ularni erdam berishga da’vat etganlar. Amir va Sa’idazimboy esa xatlarni Turkiston generalgubernatoriga topshirib, Rossiyaga sodiqliklarini yana bir bor namoyish qilganlar.

Shu tarzda, xonliqdagi vatan himoyachilari sardorlarining chetdan erdam olishga qaratilgan umidlari puchga chiqqan edi.

1873 yil 31 iyulda Kaufman Nasriddinxon xatiga ezgan javobida Xudoyorxon bilan tuzilgan 1868 yilgi shartnomani va do’stlik aloqalarini buzmaslik sharti bilan uning xonlik maqomini tan olishini bildirgan. U Nasriddinxonning Rus davlatiga qarshi qaratilgan harakatlarini yaxshi bilsada, lekin vaqtinchalik xon bilan murosaga borishni lozim topgan.

Rus qo’shinlarining bosqinchiliklari va xonlikning tugatilishi

Ko’qon xonligidagi xalq harakatlari va Xudoyorxonning qochishi orqasida yuzaga kelgan og’ir vaziyat rus hukumatiga qo’l keldi. Bu vaqtda Ettisuvda turgan Kaufman darhol Toshkentga qaytib, xonlikni bosib olish choralarini ko’rdi. Bu orada, ya’ni 1875 yil 6 avgustda vatan himoyachilari Toshkent tarafga yurish qilib, Ohangaron darbsidagi Obliq qishlog’ini egalladilar. Ular 8 avgustda Toshkent bilan Xo’jand va Uratepa oralig’idagi pochta bekatlarini egallab, 16 rusni asirlikka oldilar. Savdogar Isaevning oyna zavodiga o’t qo’yildi. Bundan xabar topgan Kaufman Sirdaryo viloyatining gubernatori Golovachevga harbiy yurish boshlashni buyurdi. Golovachev harbiy qism bilan Toshkentdan 60 chaqirim uzoqliqdagi Tilov qal’asiga bordi. Bu vaqtda 5000 kishilik vatan himoyachilari Obliq qishlog’idan Tilovga hujum qilishga tayyorlanmoqda edilar. Har ikki tomon o’rtasida qisqa otishmalardan so’ng vatan himoyachilari tog’ tomonga chekinganlar.

Toshkentda Kaufman Birinchi Turkiston o’qchi bataloni, Orenburg qo’shinining to’rtta otliq to’pchilarini, 100 kazak askar va boshqa harbiy qismlarni Qo’qonga jo’natgan. Bu vaqtda vatan himoyachilarining ayrim guruhlari Xo’jand atroflarida pochta bekatlarini yondirganliklari hamda qo’qonliklar Nov qishlog’ini egallaganliklari haqidagi ma’lumotlar Toshkentga kelib turgan. 5000 kishilik qirg’izlar Sirdaryo orqali o’tib, Qurama uezdiga qarashli Samgar qishlog’ini egallaganliklari to’g’risida ham xabarlar olingan. Shu bois Golovachev Garnovskiy boshchiligidagi harbiy qismlarga Xo’jand tomonga yurishni buyurgan. Qo’qonliklar Toshkent atrofidagi Parkentga hujum qilarmish, degan ovozalarga javoban u joyga 1875 yil 21 avgust kechasi polkovnik Skobelev rahbarligidagi askarlar yuborilgan.

Haqiqatan ham Qo’qon xonligidagi vatan himoyachilari ruslar bosib olgan Toshkent va Xo’jand chegaralariga bostirib kirib, dushmanga zarba berishga uringanlar. Golovachev askarlari Ohangaron mintaqasidagi ObliqTilov atroflarida qo’qonlik himoyachilar ustidan g’alabaga erishganlar.

1875 yil 13 avgustda Kaufman yo’lga chiqib, Piskentga kelganida podpolkovnik Noldedan 9 avgust kuni Xo’jandga hujum qilgan vatan himoyachilari tormor etilganligi haqidagi xabarni olgan. Shu voqea ma’lum bo’ldiki, Abdurahmon oftobachi Mahramda ko’p kuch to’plab, o’sha kuni Xo’jandga uch tomondan hujum uyushtirgan ekan. Xususan, Qo’qon yo’lidan 1015 ming kishilik va Samgar tomonidan 610 ming kishidan iborat vatan himoyachilari hujum qilganlar. Qo’qonliklar Xo’jandning Nov darvozasi tarafidan bostirib kirgan edilar. Ammo barchasi dushman tomonidan orqaga surib tashlangan. Shunga qaramay, Xo’jand xavfdan xoli bo’lmaganligi uchun uezd boshlig’i podpolkovnik Nolde shahar mudofaasini mustahkamlash choralarini ko’rdi. Bu orada vatan himoyachilari shaharga yaqinlashib keldilar. 12 avgustda ularga qarshi polkovnik Sarimovich 4 rota, 100 kazak, artilleriya divizioni bilan yurish qilib, chekinishga majbur etgan. Shundan keyin u Qistako’z degan joyga joylashgan. So’ngra u Abdurahmon oftobachining 16 ming kishilik qo’shiniga hujum qilib, ularni Qo’qon yo’li buylab quvladi. Ko’p o’tmay Toshkentdan Xujandga qo’shimcha harbiy qismlar etib keldi. Bir paytda Kaufman va Golovachev boshchiligidagi qo’shinlar Xo’jandga boraetganda Mirzaobod stantsiyasida Qo’qon otliqlari ko’ringan. Ular dushman askarlari ko’rinishi bilanoq Samgar qishlog’iga qochganlar. Ularning ketidan yuborilgan polkovnik Skobelev soldatlari Samgarga borganda 4 ming kishilik himoyachilar u erdan Mahram qal’asiga qaytganligi ma’lum bo’lgan.

18 avgust kuni Kaufman qo’shin bilan Xo’jandga borgan. Bundan oldinroq polkovnik Efimovich boshchiligidagi 200 kazak artilleriya divizioni bilan Samarqanddan kelgan edi.

Umuman, Kaufman Quqon xonligiga qarshi kurashish maqsadida harbiy qismlarni Xujandga to’playdi. Bu erda 16 rota pieda askar, shu jumladan, bitta saper rotasi, 20 to’p, 900 otliq soldat va 8 raketa stanoklari jamlangan edi.

1875 yil 20 avgustda Kaufman o’sha qo’shin bilan Xo’janddan chiqib Quqon yo’li bo’ylab yurdi; 40 chaqirim yo’l bosgandan keyin Mahram istehkomiga duch kelib, uni bosib olishga kirishdi. Bu qal’a shimoldan Sirdarega, janubdan esa ayrim joylari bog’larga borib taqalgan. Uning urush olib borish mumkin bo’lgan g’arb tomoni esa, suv to’ldirilgan zovur bilan qurshalgan. Umuman, istehkom etarli darajada mustahkamlangan bo’lib, 15 ming kishidan iborat vatan himoyachilari shaylanib turgan. 1875 yil 22 avgustda shaxsan Kaufman qo’mondonligida qushin Mahramning orqa tomonidan hujum boshladi. Shu vaqtda vatan himoyachilari dushmanni ham orqadan, ham chap tomondan qurshab oladi. Dushman tomonidan tinimsiz eg’dirib turilgan tup o’qlari vatan jangchilariga yaqinlashish va tuqnashish imkonini bermadi. Shundan keyin bosqinchilar hujumga o’tdi. Ularga qarshi vatan himoyachilari 10 to’pdan o’q uzib turgan. Bunga qarshi dushman 12 to’pdan o’q eg’dirgan. Shu ravishda har ikki tomondan jang ketaetganida Kaufmanning buyrug’iga binoan general Golovachev artilleriya vositasida hujumga o’tgan. U qattiq janglardan sung Mahram darvozasini buzib, ichkariga bostirib kirishga muvaffaq bo’lgan. Bu erda bosqinchilar 16 to’p, ko’p yarog’aslaha, porox va oziqovqat mahsulotlarini o’ljaga oldilar. Vatan himoyachilari esa darega chekindilar, lekin juda yaqin masofadagi dushman kuchlari ularni uqqa tutishi orqasida juda ko’p odamlar halok bo’lgan. So’ngra polkovnik Skobelev boshchiligidagi 500 soldat Mahram bog’larida pistirmada turgan vatan himoyachilariga hujum qilib, 2 to’pni o’ljaga olib, ularni Quqon yo’li buylab 10 chaqirim joygacha quvib borgan.

Mahramdagi mag’lubiyat xonlik taqtsirini uzilkesil hal qilgan omillardan biri hisoblanadi. «Mahramdagi g’alaba, — deyiladi rus manbasida, — o’zining o’ta bilimdonlik va ajoyib ravishda qo’lga kiritilganligi orqasida Qo’qon xonligi aholisiga qattiq ta’sir etib, uni tinchitishda va aqlhushlarini yig’ib olishda muhim o’rin tutdi. Bu g’alabaning ahamiyati yana shundan iboratki, Mahramda harakatlarning sardorlari hamda bizga qarshi qaratilgan barcha kuchlar va mablag’lar to’plangan edi. Zero, Mahramda Abdurahmon oftobachi tomonidan tullangan kuchlar soni bizning ma’lumotimizga kura, 30000 kishini; qipchoqlarning ko’rsatishicha esa, qipchoqlar va qirg’izlardan tashkil topgan faqat otliqlarning uzi 50.000 odam hisoblangan. Abdurahmon oftobachining o’zi jangda qatnashgan bulsada, lekin sheriklari bilan bizning uqimiz etmaydigan joyda turgan. Biz ustun kelib, quqonliklar qochganlarida Abdurahmon oftobachi ham birinchilar qatori juftakni urgan edi. Mahramda asosan shahar va qishloqlardan keltirilgan oda:.shar katta talofat kurib, oz kishilargina uylariga qaytdilar. oftobachining qipchoq va qirg’izlardan iborat otliqlari bizning uqimizdan uzoqroq turganlar va otlari chopqir bulganligi uchun qochishga ulgurdilar. Mahramdagi g’alabamiz butun xonlik buylab taraldi».

Demak, Mahramdagi jangda Abdurahmon oftobachi va safdoshlari urushga yaxshi tayergarlik ko’rganlar, lekin jang vaqtida rahbarlikni o’rniga qo’ya olmay ojizlik qilganlar. Natijada uz holiga tashlab quyilgan vatan hymoyachilaridan faqat 3000 otliq omon qolgan, xolos.

Ibrat ham Mahramdagi jang haqida to’xtalib: Abdurahmon oftobachi «Rusiyaga urushmoqchi bulub, Mahramga borub, andin Xo’jandni muxosara qilmoq bo’lub, hech ish qilmay, necha ming odam darega ketib, Mahramdan qochib, Marg’inonga ketdi», — deb ezgan edi.

Demak, bosqinchilar necha ming odamlarni Mahramda daryoga cho’ktirgan eki qirib tashlaganlar. Ular Mahramda 39 to’p, 1500 turli qurollarni, porox, 1910 pud un, 837 pud guruch, 3200 pud jo’xori, 224 ot va boshqa turli narsalarni ulja oldilar. Bulardan tashqari, soldatlar qo’lga tushirilgan ko’p tuplarni Sirdaryoga tashlab yuborganlar.

1875 yil 23 avgustda Kaufman Mahramdagi g’alabani imperatorga telegramma orqali ma’lum qilgan. Buni imperator mamnuniyat bilan qarshi olgan.

Mahramdagi mag’lubiyat Qo’qon xoni Nasriddinxon va uning atrofidagilarni sarosimaga solib, xon darhol Kaufman nomiga quyidagi xatni elchi Fozil Ahmad Maxdum A’zam va Mulla Muhammad Isa avlie orqali yuborgan:

«Janobi oliylari! Bizning otamiz bilan tinch va do’stona ravishda yashab, har ikki tomon xalqi xotirjam edi. Mening padari buzrukvorim shariatga qarshi yangi tartiblarni qullab, xalqni har tomonlama ezdi va uni shu darajada endirdiki, burnidan tutun chiqardi. Bularning hammasi qo’zg’olon ko’tarilishiga va otamni taxtdan mahrum etilishiga olib keldi. Siz yaxshi bilasizki, Mulla Abdulkarim miroxur orqali sizga yuborilgan xatga uzoq vaqt javob olmadik. Biz yo’llar xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli joylarga qo’shin yuborgan edik. Sizning Mulla Abdulkarim miroho’r orqali yuborgan xatingizdan xayrixohligingiz va shartlar inobatga olingan taqdirda xonligimizni tan olishingizni bildik. Do’stligingiz va yaxshi niyatlaringizga ishongan holda shartlaringizning hammasini qabul qilib, xat yozmoqchi bo’lib turganimizda Qoraxitoyda (Tilovda) ikki qo’shin o’rtasida to’qnashuv bo’lib, ulardan birida (qo’qonliklar) chekinishga majbur bulganlar. Biz darhol Mullahoji Mirza Karim orqali sizga o’zimizning do’stligimiz va isyonlarni to’xtatilganligi haqidagi xatni yozishni buyurgan edik. Ammo kecha Mahramdagi Xudoning xohishiga ko’ra sodir bo’lgan voqeani eshitdik. Biz isenni bostirishga ko’p harakat qildik, lekin uddalay olmadik. Shuning uchun ham Mulla Abdulkarim bilan yuboriladigan xatni jo’natishning iloji bo’lmadi. Sizning barcha shartlaringizga roziligimizni va qipchoq isenchilarining qilgan ishlariga uzrimni o’z ichiga olgan xatimni Fozil Ahmad Maxdum A’zam orqali yasatilgan ikki ot va ikki bo’qchadagi sovg’alar bilan yubormoqdaman».

18 rus asiri ham elchi orqali Kaufman huzuriga junatilgandi.

Nasriddinxon bir kichkina harbiy gubernatorga qanchalik yalinmasin va uning oldida tiz cho’kmasin, baribir, so’rovlari inobatga o’tmadi. Chunki rus hukumati Quqon xonligini saqlash niyatida bo’lmay, uni tamomila tugatish harakatida edi. Shuning uchun ham Kaufman xon sovg’alarini olmadi va xonning uzi kelib buysunishi lozimligini elchiga bildirdi. Endilikda rus hukumati uchun nomigagina taxtda o’tirgan Nasriddinxon bilan yuqori darajada aloqa yurgizishga asos va zarurat yo’q edi. Kaufman, ayniqsa, Mahram g’alabasidan so’ng xonlikning tamomila tormor etilishini yaxshi bilardi.

Bu vaqtda xon va uning atrofidagi saroy amaldorlari Qo’qon mudofaasini mustahkamlash, dushmanga qarshi kurashish choralarini ko’rish o’rniga taslim bo’lishga tayergarlik kurmoqda edilar. Zero, 1875 yil 29 avgustda Kaufman katta qo’shin bilan Qo’qon shahriga kelganda Nasriddinxon boshliq nufuzli kishilar «xalq nomidan tuz va nonni qabul qilishni hamda hukmdor imperatordan xalqqa rahmshafqat» suraganlar.

Kaufman bu so’rovni mamnuniyat bilan inobatga oldi va Quqon shahrini urushsiz egallaganligi to’g’risida imperatorga telegramma jo’natdi. Peterburgda bu xabar xursandchilik bilan qabul qilindi. Kaufman o’sha telegrammada butun Namangan bekligini Sirdarening o’ng qirg’og’i bilan Rossiyaga qo’shishga ruxsat berilishini ham so’ragan edi. Imperator agar bu tadbir kelajakda chegara xavfsizligining oldini olish imkonini tug’dirsa, uni amalga oshirishga ijozat berdi.

Kaufman butun shahar bo’ylab qo’shini bilan o’tib, so’ngra Qo’qon atrofidagi harbiy lagerga kelgan. Uni bu erga Nasriddinxon namoyishkorona kuzatib qo’ygan. Kaufman vaziyat taqozosiga ko’ra Nasriddinxon bilan vaqtinchalik murosa qilib, Mahram qal’asini unga qaytarib bergan. U Marg’ilon, Shahrixon, Andijon, Ush va Namanganga xat tarqatib, nufuzli kishilarning Qo’qonga kelishlarini so’radi. Mazkur joylardan Rusiyaga bo’ysunish borasida mahalliy nufuzli kishilarning muhrlari bosilgan rozilik xatlari keltirilgan bo’lsada, lekin ulardan birontasi o’zi kelmagan. Ular Kaufmanning ikkinchi marotaba yuborgan so’rovini ham inobatga olmay, shaxsan kelishni lozim topmaganlar. Bu shundan dalolat beradiki, ular bosqinchilarga dildan qarshi bo’lgan. Biroq, Rossiya bilan Qo’qon xonligi o’rtasida qariyb 25 yil mobaynida olib borilgan urushlar mobaynida ko’rilgan katta talofatlar xonlikni har jihatdan zaiflashtirgan edi. Boshqacha aytganda, jang qilish niyati boru, lekin tayanadigan mustahkam rahbar va kuch yo’q edi.

Kaufman mana shu niyatning o’zini ham xavfli hisoblab, 1875 yil 5 sentyabrda Marg’ilonga qarab yurdi. Bu vaqtda Marg’ilonda Abdurahmon oftobachi boshchiligidagi vatan himoyachilari bor edi. U dushmanga qarshi turishning foydasi yo’qligini anglab, Marg’ilonni tashlab ketadi. Kaufman 8 sentyabrda Marg’ilonga kelganda ayrim yuqori tabaqa vakillari vatan himoyachilaridan qolgan 9 to’pni «o’zlarining itoat etganliklari» belgisi sifatida unga topshirganlar. Kaufman polkovnik Skobelev boshchiligidagi 600 kazak, 1 raketa batareyasi, 2 to’p va 2 rota pieda askarni Abdurahmon oftobachining orqasidan jo’natgan. Dushman kuchlari Marg’ilondan 68 chaqirim narida joylashgan Mingtepaga yaqinlashganda Abdurahmon oftobachi boshliq vatan himoyachilarining tarqalib ketganligi va tog’larga qochgani ma’lum buladi. Rus askarlari vatan himoyachilarining ketishga ulgurmagan oxirgi qismlari bilan to’qnashadilar. Shu tariqa, bosqinchilar ancha xavfli hisoblangan vatan himoyachilaridan qutulgach, Kaufman Nasriddinxonni chaqirib sulh loyihasi bilan tanishtiradi. Bunga ko’ra, Sirdarening ung qirg’og’idagi joylar Rossiya imperiyasi tarkibiga kirishi hamda harbiy xarajatlarni qoplash uchun rus hukumatiga 600 ming tanga tovon tulashi lozim edi. 1875 yil 23 sentyabrda Nasriddinxon Kaufmanga o’z xatini topshiradi: «Yarim podshoh! Sizga quyidagi so’rovlarni ma’lum qilaman: voqealar (quzg’olonlar) boshlangan vaqtlarda men oftobachining qistovi tufayli ixtierimsiz xon bo’lganman. oftobachi qul ostida emon odamlarning ko’pligi tufayli hech narsa qila olmaganman. oftobachi o’zboshimchalik bilan harbiy yurish qilib, Mahramdan qochgandan keyin men Mulla Abdulkarim orqali yuborilgan (sizning) xatingizni olishim bilanoq mamnuniyat bilan roziligim va sodiqligim haqidagi xatimni sovg’alar bilan Eshon Fozil Ahmad Maxdum A’zam va Isa avlie orqali yuborganman. Siz bu tomonga yurganingizda va to’xtagan har bir joyingizda imkoni boricha uz xizmatimni ado etdim.

Men siz bilan uchrashganimdan keyin sizning dono so’zlaringizni tushundim va tamomila tinchlandim hamda sizga bo’lgan umidim kundankunga ortib bordi. Men sizning va’dalaringiz va e’tiboringizni barchaga targ’ibot etganimda xalq qanoat hosil qildi.

Men juma kuni sulh shartlari bilan tanishdim. Meni gunohkor deyilib, tovon to’lash belgilangan. Shartnomaning ayrim moddalarini bajarishga ojizligimni anglab, iltimosimni ezdim. Men sizdan mamnunman va xursandman hamda sizga minnatdorligimni izhor qilaman. Menga xalqni boshqarish qiyin, shu bois bergan va’damni o’zgartirib, meni va xalqning taqdirini hal etishni siz yarim podshohning ixtiyoriga topshiraman».

Nasriddinxon o’zini shu darajada ojiz va elg’iz sezganki, xonlik taqdirini tamomila Rossiya qo’liga topshirishga qaror qilgan. Ayniqsa, uni tovon masalasi qattiq tashvishlantirgan. Chunki xazinani Xudoyorxon olib ketganligi tufayli hukumatning cho’ntagi quruq edi. Tovonni qashshoqlashgan xalqdan to’plashning hech iloji bo’lmagan. Kaufman xonning xatining chetiga: «Men Nasriddinxondan shartnomaning bajarilishini so’raganimda u mening ishonadigan odamlarim yo’q, atrofdagilarga esa tayanib bulmaydi», deb javob berganligini yozib qo’ygan.

Kaufmanning o’zi ham tovon undirishning imkoni yo’qligini anglab, uni to’lashga zo’rlamaydi. Oqibatda 23 sentyabrda SirdarVning o’ng qirg’og’ining Rossiya tarkibiga kiritilishi masalasi bo’yichagina har ikki tomon shartnomani imzoladi.

1875 yilning 26 sentyabrida Kaufman Namanganga kelib, uning enatrofiga qo’shin bilan joylashdi. Bu vaqtda Kaufman Abdurahmon oftobachi va Po’latbek boshchiligida Andijon shahrida, atrofjoylarida katta kuch to’planganligi haqidagi xabarni oldi. Rus manbasida deyilgan: «Andijonliklar shaharning o’n ikkita katta ko’chasida turli narsalardan to’siqlar o’rnatganlar. Andijon himoyasi uchun shaharliklardan tashqari qishloqlarning aholisi ham kelgan. Shahar himoyachilarining soni 6070 ming kishidan iborat bo’lib, ularga Abdurahmon oftobachi boshchilik qilgan. Po’latbek esa 15 ming qirg’iz bilan ruslarga orqa tarafdan zarba berish maqsadida shahar chekkasiga o’rnashgan».

Po’latbekning keyingi faoliyati haqida shuni aytib o’tish lozimki, u o’z atrofiga qirg’izlardan tashqari engilib qochgan Qo’qon askarlarini ham to’plab, ancha kuch yiqqan. Uning tarafiga qipchoq vaqirg’izlarning O’rolali, Bo’tabek, Bag’ishbek, Mulla Yo’ldosh, Isfandiyor, Mirzaqul, Yormat, Eshmat, Amalish og’asi, Shomirza, Umarbek, Hasanbek Sulaymon udaychi, Abdumo’min singari atoqli kishilari ham o’tgan. Ular Nasriddinxon vatanni sotib Rossiya tarafdori bo’lgani uchun Po’latxonni Andijonning Bo’taqora qishlog’ida xon deb e’lon qildilar.

Andijonning ozodlik kurashi markaziga aylanishi bosqinchilarni qattiq tashvishlantirishi turgan gap edi, albatta, Chunonchi, Kaufman darhol general Trotskiy boshchiligida 1400 kishilik qo’shinni 4 raketa stanogi va 8 to’p bilan Andijonga jo’natgan. Ular 29 sentyabrda Andijondan 6 chaqirim uzoqliqdagi joyga borib o’rnashganlar.

Birinchi oktyabr kuni general Trotskiy o’z qushinini polkovnik Skobelev, MillerZakomelskiy va baron Aminov boshchiligida uch qismga bo’lib, shaharga hujum qilishni buyurgan. Ular shaharga yaqinlashganda Po’latxon otliqlari hujumga o’tgan, lekin dushman tuplaridan otilgan o’q emg’iri ostida hujum qaytarilgan. Polkovnik Skobelev va Aminov boshchiligidagi qo’shin shaharga ketmaket o’q otib, bostirib kiradi. Ular shahardagi hokim saroyini ishg’ol etgan vaqtda MillerZakomelskiy soldatlari ham etib kelgan. Shundan keyin vatan himoyachilari bilan dushman kuchlari o’rtasida qattiq jang bo’lgan. Jangda bevosita qatnashgan rus harbiy xizmatchisining so’ziga qaraganda, soldatlar hokim saroyini egallab, uning atrofidagi uylarni buzib tashlaganlar. Hatto himoyachilar qarshilik ko’rsatgan ayrim xonadonlarga to’plar otib, xonavayron qilingan1.

Dushmanga qarshi uylarning tomlaridan, to’siqlar ortidan, daraxtlar orasidan va boshqa joylardan o’qlar otilgan. Soldatlar qaerdan o’q otilgan bo’lsa, o’sha joyni to’plardan o’qqa tutgan. Hokim saroyi ham bosib olingan. Shundan keyin general Trotskiyning ko’rsatmasiga binoan shahar endirilib, xarobaga aylantiriddi. O’sha 1 oktyabr kuni soat 2 da dushman askarlari shahar yaqinidagi lagerlarga qaytib, dam olgan. Ikki soatdan keyin Skobelev rahbarligidagi 200 kazak, 6 to’p bilan kelib, shahar xalqini yanada qattiqroq jazolash uchun uni uch soat mobaynida tinimsiz o’qqa tutDI.

Urush 6 soatga cho’zilib, himoyachilar qattiq jang qilganlar. Biroq dushman ustun kelib, juda ko’p odamlarni qirgan, ko’p uyjoylar xonavayron bo’lgan. Bu ham kamdek, general Trotskiyning vahshiyligi avjiga minib 2 oktyabrda ham shaharni to’plardan o’qqa tutqazgan. Shunga qaramay, himoyachilar qarshilik ko’rsatishni to’xtatmaganlar.

Bosqinchilar Farg’ona vodiysining eng yirik va rivojlangan shaharlaridan biri hisoblangan Andijonni uzoq vaqtgacha qaddini ko’tara olmaydigan darajada ostinustin qilib tashladilar. 12 oktyabr kunlarl Andijonga to’plardan ja’mi 226 snaryad otilgan edi. 1875 yil 3 oktyabrda general Trotskiy Andijondan Namanganga ketish yo’lida vatan himoyachilari bilan to’qnashgan. Bunday tuqnashuvlarda qatnashgan, deb ko’p qishloqlar endirilgan. Qanchadanqancha odamlar halok bo’lgan, xonadonlar vayronaga aylangan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Andijonda shaxsan Skobelev boshchiligida 20 ming kishi o’ldirilgan.

Shu tariqa, Trotskiy va Skobelev yaxshi qurollangan qo’shin bilan xalq lashkarlarini birinketin qiravergan. General Trotskiy qo’mondonligida harakat qilgan qo’shin janglarda 12 kishi yo’qotgan, yaradorlar soni 59 kishini tashkil etgan.

Bosqinchilar ikki yarim oy ichida to’plardan himoyachilarga qarshi 387 snaryad otganlar. Shu vaqt ichida 150 miltiq, 144 tup, 32260 tup uqi, 1092 granata o’lja olganlar. Bu himoyachilar uchun juda katta talofat edi.

General Trotskiy Namanganga yaqinlashganda Po’latxon lashkari bilan to’qnashib, qo’zgolonchilarni mag’lubiyatga uchratgan. Po’latxon qochib ketaettanda otdan yiqilib, oeg’i singan. U kurashni davom ettirishga ahd qilib, Asakaga o’rnashgan. Bu erda Po’latxon atrofiga 12 ming kishi to’planib, ular birinketin bir necha g’alabaga erishadilar. Chunonchi, Po’latxon xalqning bevosita erdami bilan Ush, Andijon va Marg’ilonni egallaydi. Bu hol Nasriddin mavqeini katta xavf ostida qoldirgani uchun u Marg’ilonning sobiq begi Sulton Murodbek boshchiligidagi askarlarni Po’latxonga qarshi yuborgan. Biroq bu bek hujum qilishdan qo’rqib, Fayzobod qishlog’iga o’rnashadi va qirg’iz qo’zg’olonchilarining ayrim guruhlari ustidan g’alabaga erishadi. Bu janglarda asir olingan 30 nafar qirg’iz Qo’qonda xon tomonidan dorga osiladi. Bu vaqtda Po’latxon tomonidan Marg’ilon begi lavozimiga tayinlangan Valixon 20 ming kishi bilan Fayzobodga hujum qilib, Sulton Murodni tormor etadi. Ko’p kishilar o’ldiriladi, Sulton Murod esa Qo’qonga qochadi.

Bu fojealar yuz beraetganda Qo’qon shahrining o’zida ham Nasriddinxonga qarshi kuchlar bosh ko’targan edi. Xalq nafrati va qarshilikka uchrayotgan Nasriddinxonning taqdiri xavf ostida qoladi. Shu bois u 9 oktyabrda uch soatlik jangdan so’ng shoshilinch ravishda Xujandga qochadi. Aftidan, xonga qarshi kurashga Uratepaning sobiq begi Abdulg’afforbek boshchilik qilganki, u taxtni qo’lga oladi. Shundan keyin ham Qo’qonda tartibsizlik va zo’ravonlik hukm suraverdi.

1875 yil 16 oktyabrda Kaufman Namanganga general Skobelev boshchiligida 14 rota, 500 kazak, 4 raketa stanogi va 16 to’pdan iborat harbiy kuchni qoddirib, Xujandga ketgan. U Namangan bekligining Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritilganligini e’lon qilib, xonlikka yana bir bor qaqshatqich zarba beradi. Skobelev bu vaqtda Namangan bulimining boshlig’i etib tayinlangandi. Vodiy xalqi qanchalik azobuqubatlar, misli kurilmagan qirg’inlarni kurmasin, baribir, ozodlik kurashidan voz kechmadi. Aksincha, xonlikning turli joylarida g’alabnlar ko’tariddi. Hasan Kalla boshchiligida Yangiqo’rg’on va Bachqir qishloqlarining aholisi Qo’qon shahriga bostirib kirib, xon saroyini taladilar hamda Sulton Murodbekni tutib, Po’latxonga jo’natdilar. Bu erda uning kallasini tanasidan judo qiddilar. Fayzobod jangida golib kelgan Valixon o’z atrofiga yanga kuchlarni tuplab, Namanganni bosqinchilardan ozod etishni rejalashtiradi. Marg’ilonliklar, qirg’izlar va boshqa qishloqlarning odamlari Baliqchi tomon yo’l olganda, Valixon ular bilan birgaliqda Qoradare atrofida Skobelev soldatlariga qarshi jangda mag’lubiyatga uchradi. U Marg’ilonga kelganda halok bo’lganlarning oilalari unga tashlanadilar. Pirovardida, jazodan qo’rqqan Valixon shahardan qochib ketadi. Bu urushda ruslardan bir kishi o’ldiriladi, 10 kishi yaralanadi. 1875 yilning 18 oktyabrida polkovnik Pichugin Ashobaga borib, qo’zg’olonchilar bilan jang qilib, qishloqni butunlay xarobaga aylantiradi. Bu urushda uch bosqinchi o’ldirilib, 11 bosqinchi jarohatlanadi. Qo’zg’olon qatnashchilari qattiq jazolanadilar.

Sirdarening o’ng qirg’og’ida Namanganning sobiq hokimi Botir Turabek ham atrofiga odam to’gogab, bosqinchilarga qarshi bosh ko’tardi. «Bul tarafda, Namanganda, — deb ezadi Ibrat, — Botura degan kishi chiqib, eski sipohlardan yig’ib, muhoraba qilmoq bo’lub, uchto’rt ming odamni jamlab, Turaqurg’onni g’arb tarafidagi Sarsonchap degan qirg’a askar yig’ib ulamolar so’zlariga quloq solmay harakatda erdilar».

Botir To’ra qo’li ostidagilar Xo’jand va Namanganni birbiriga bog’lovchi yulda SvyatopolkMirskiy boshchiligida 20 soddat qo’riqlab ketaetgan yuk ortilgan bosqinchilar transportiga hujum qilib, ularni bitta qoldirmay o’ldirganlar.

Skobelev 1875 yil 23 oktyabrda Turaqurg’on qo’zg’olonchilarini engib, ko’p odamlarni o’ldirdi. Ayniqsa, quzg’olonda faol qatnashganligi uchun to’raqo’rg’onliklarning ko’ggchiligi o’limga mahkum etiladi. 23—27 oktyabrda Turaqurg’onda bo’lib utgan tuqnashuvlarda bosqinchilardan 6 kishi o’ldirildi va 50 kishi, jumladan 3 ofitser yarador qilindi.

Bu paytda Namanganda bosqinchilarga qarshi kayfiyat zuraygan edi. Shu bois barcha aholi qochib kelgan Botir To’ra tarafiga o’tgan. Shundan keyin uning rahbarligida himoyachilar Namangan shahri biqinidagi rus harbiy qismiga hujum qildilar. Bundan xabar topgan Chustdagi Skobelev shoshilinch ravishda qaytib, 26 oktyabrda Namanganga kelib, ertasi kuni vatan himoyachilariga qarshi hujum boshladi va shaharning bir qismini ostinustin etdi. Unint farmoniga binoan shahar shu darajada qattiq o’qqa tutildiki, himoyachilardan 8800 kishi halok buldi. Ular orasida yaradorlar sonsanoqsiz edi. Bu gal ham bosqinchilar o’zlarining vahshiyliklarini yana bir bor namoyish qildilar. Ammo bunday qirg’inbarotlar xalqni ozodlik kurashlaridan qaytara olmadi.

Bosqinchilar ko’rdilarki, «xalq ani atvori buzuq, bekor g’alva bo’lur, buni bosmoq uchun xabar chiqardiki, erta otuv buladur, ko’chaga bala chiqmasun, deb. Ertasi birdan chiqub, ko’chada ko’runganni otmoq bo’ldilar. Hamma qochqoch bo’lub, ko’p musofirlar xonaqoh masjidda erdilar, ko’cha odamlari anda kirganda arqodan kirib, kup kishilarni otdilar. Ul vaqtda hech kim ulamoyu uqaloni so’zini olmay, har kim o’z oldiga mast kishidek, o’ziga bir ish qiladurg’on ko’runub, Namangon ko’b befoyda hujum ostida turganda ulamolardan qozi mulla Tursun Muhammad Oxund otlanib chiqib: «Ey musulmonlar, sizlarga nima bo’ldi, oyatu hadisga qaranglar, kitoblarda bu qilgan ishlaringni savob demaydur, bizda podshoh yo’q, asbob yo’q, bo’l g’azot emas», — deb pandu nasihat qilsalar, mastdek mushtni ko’targan, to’qmoq va cho’yanbosh ko’targan juhalolar birdan: «Urunglar, bul kishi Rusiyadan rishva (pora) olgan!» — deb Qozikalon domlani otdan yiqitib, shahid qildilar. Muni ko’rgan ulamolar bu fuqarolarni alhol qo’yub yubordilar»1.

Bu erda ma’lum buladiki, ayrim ruhoniylar, xususan, qozikalon xon va qurolaslahalarning yo’qligini ro’kach qilib, xalqni behuda qarshilik ko’rsatishdan qaytarmoqchi bo’lganlar. Aftidan, bu bilan ular bekorga qon tukilishining oldini olmoqchi edilar. Lekin xalqda vatanparvarlik tuyg’usi shu darajada kuchli bo’lganki, ular qurbon bo’lishga ham tayer turganlar, qurolsiz bo’lsalarda, jang maydonida o’lishni afzal ko’rganlar.

Ruhoniylar ozodlik harakatining g’oyaviy kuchi hisoblanib, xalq ommasini kurashga otlantirishda muhim o’rin tutganlar. «Xo’qand shayxulislomi bilan qozikalon, — deydi Ahmad Zaki Validiy, — ruslarga qarshi xalqni urushga da’vat va targ’ib etdilar. Natijada ularni qamoqqa oldilar. Kaufman shundan so’ng shayxulislom ham, qozikalon ham degan narsalar bo’lmasun, deb farmon berdi».

Kaufmanning ruhoniylarga qarshi bunday farmoni hech bir samara bermay, xalq ular ta’sirida vatan mustaqilligi yo’lida jonini fido qildilar. Ruhoniylar Xudoyorxon taxtni va, umuman, mamlakatni o’z holiga tashlab qochaettanida ham oldingi saflarda turib xalqni qo’zg’alishga da’vat etib turgan edilar. «Shaharning tor ko’chalarida, loydan yasalgan devorlar orasida (yurgan xalq), — deydi o’sha muallif, — suv toshqinidagi seldek to’lqinlanib, shovullab oqib, nima qilishlarini bilmasdan hayron erdilar. Mullalar bozorlarda ham shaharning u tomonidan bu tomoniga chopib, «Bitdik, xonimiz o’ris tomonga o’tdi, elimizga rusni kirgizdi», deb har erda odamlarni to’plab, nutqlar irod etib, xalqni xonga qarshi qo’zg’atdilar».

Hatto quzg’olonchilar Xudobrxon qochayotganda uni 6 chaqirimgacha quvlab borganlar, lekin qattiq qarshilikka uchrab, orqaga qaytganlar.

1875 yil noyabrining oxirida Po’latxon Asakadan chiqib, Marg’ilonga o’rnashadi. Biroq bu erda ko’p kishini o’ddirgani sababli mavqei ancha pasayib ketadi. Aftidan, u ko’proq xonlik maqomining qalbakiligidan norozi bo’lgan guruhlarni shafqatsizlarcha jazolagan. Po’latxon o’zi tomonidan Andijon hokimligiga tayinlangan va keyin uning soxta xonligini fosh etgan Shomirza dodxoh, Edgor dodxoh singari safdoshlarini ham o’ldirtirgan. Po’latxon Qo’qon xonligining sharqiy qismida hukmronlik qilib, bosqinchilar bilan bo’ladigan urushga tayergarlik ko’rib bordi. O’z navbatida, Namangandagi harbiy qismning qo’mondoni va uzining vatan himoyachilari ustidan qo’lga kiritgan g’alabalari uchun general unvonini olgan Skobelev bulajak jangga hozirlikni jadallashtirdi.

Pulatxon boshchiligidagi qo’zg’olon ta’sirida Panjikentda ham ozodlik kurashi maydonga kelgan. Ularga qarshi general Afimovich qo’mondonligida kapitan Arendarenko va mayor Abgrali qo’l ostida ikki harbiy qism yuborilgan. Har ikki tomon urtasidagi qonli to’qnashuvda ruslardan 4 kishi o’ldirilib, 25 odam yarador qilindi. Yaradorlar orasida 3 ofitser, o’ldirilganlarning ichida esa 1 ofitser bo’lgan. Bu talofatlar qattiq jang bo’lganligidan dalolat beradi. Bosqinchilar vatan himoyachilarining harakatlarini shafqatsizlarcha bostirganlar.

1875 yil 25 dekabrda general Skobelev Namanganda 4 rota, 40 kazak va 10 to’p, Chustda 2 rota, 20 kazak, 6 to’p, Oqjarda 2 rota, 100 kazak va 2 tup qoldirib, 2800 kishi va 12 to’pdan iborat qo’shin bilan Andijonga yul oladi. «Shundan keyin Skobelev, — deyiladi rus manbasida, — Norin daresi orqali Qoradarening o’ng qirg’og’i buylab qipchoqlarning eng katta qishlog’i Poytug’tacha bordi. U keta turib, yulning ikki tomonidagi Uzgan shahrini va darening chap qirg’og’iga qochib ketgan aholining qishloqlarini endirib, yo’q qilib tashladi. Shundan keyin general Skobelev Qoradareni kechib o’tib, 1876 yil 3 yanvarda o’zining barcha harbiy qismlarini Andijondan 5 chaqirim masofadagi Mirravot degan joyga o’rnashtirdi. Bu vaqtda Andijonda Abdurahmon oftobachi 20 ming qurollangan xalq lashkari, 5000 sarboz va 10 ming otliqni to’plagandi».

Dushman tomonidan o’t qo’yilgan joylar orasida Xo’jaobod, Lug’umbek, Sarmoq, Oqmozor, Qayrabot, Yangizboq, Kalonqishloq, Qorayantoq va Masi hamda boshqa qishloqlar bor edi. General Skobelevning buyrug’iga binoan polkovnik MillerZakomelskiyning harbiy qismi Chulumu va Madrasayi oftobachi qishloqlarini endirganlar.

Shu tariqa, bosqinchilar o’tgan yo’llarini qonga botirib, ut qo’yib, yondirib, vahshiylik qilganlar. General Skobelev 47 yanvar kunlari Andijon shahrini strategiya nuqtai nazaridan o’rganib, qo’shinni Oqchaqmoq tepaligiga joylashtirdi. So’ngra 8 yanvarda hujumga o’tgan harbiy qismlar shahar markazi va Gultepani egallab, zudlik bilan bu erga tuplar o’rnatganlar. Ruslardan 2 kishi o’ldirilgan va 7 kishi, jumladan, bir ofitser yarador qilingan. Himoyachilar esa juda ko’p odam yuqotgan. Abdurahmon oftobachi himoyachilarning katta qismi bilan Asakaga qochgan. Qushin 9 yanvarda qarshilikka uchramadi, lekin xalq bo’ysunganligini izhor etmagani uchun shahar ertalabgacha to’plardan o’qqa tutiddi. 10 yanvarda esa qo’shin O’rdaga va Gultepaga joylashtirildi, 11 yanvarda shahar vakillari kelib, taslim bo’lganliklarini ma’lum qildilar.

Demak, bosqinchilar bilan himoyachilar urtasida qattiq janglar bo’lib o’tganki, shahardagilardan «nihoyatda ko’p odam o’ldirilgan». Andijon shahrida Abdurahmon oftobachi boshchiligidagi kurashning mag’lubiyatga uchrashi yuqori tabaqa vakillari orasida umidsizlik kayfiyatlarini tug’dirgan. Oqibatda shaharni dushmanga topshirishga majbur bo’ladilar. 1876 yilning 13 yanvarida general Skobelev Asakaga yaqinlashib, uni har jihatdan o’rganadi. Ruslar 18 yanvarda 2 rota pieda askar, 240 otliq, 500 kazak, raketa batareyasi va 4 tup bilan Asakaning himoyachilar urnashgan sharqiy tomonini va o’rdani to’plardan o’qqa tutadilar. So’ngra soldatlar hujumga o’tib, tepaliqdagi himoyachilar qarshiligini engib, chekinishga majbur etadilar. Bosqinchilar Margilon yo’lida chekinaetgan himoyachilarnint ortidan hujum qilib, 800 kishini o’ldiradilar. Bu mag’lubiyat yuqori tabaqa vakillarini shu darajada vahimaga tushirganki, 20 yanvarda Abdurahmon oftobachi o’zining 12 safdoshi, shu jumladan, Botir To’ra, Isfandier, Xoliqul Parvonachi, Normuhammad dodxoh va boshqalar hamda 700 yigiti bilan Skobelevga taslim bo’ladi. Yaqindagina bosqinchilarga qarshi xalq kurashining boshida turgan Abdurahmon oftobachi general Skobelevga xalq Po’latxonni o’ta shafqatsizligi, kup kishilarni o’ldirganligi uchun emon ko’rishi va uni tutishda erdam berajagi haqida gapirgan. Keyinchalik Skobelevning tavsiyasiga muvofiq ixtieriy ravishda taslim bo’lganligi va urush vaqtida ruslarga nisbatan «vahshiylik» qilmagani uchun imperator unga polkovnik unvonini berishga ruxsat etgan. General Skobelev ko’p odamlarni o’ldirish va shaharni vayron qilish bilan birga, andijonliklarni tovon to’lashga majbur etib, 33 ming so’mni darhol undirgan. Bunga vatan himoyachilarining qattiq qarshilik ko’rsatganlari ham sabab bulgan edi, albatta.

Abdurahmon oftobachining mag’lubiyatidan keyin ancha tinchlangan Nasriddinxon 1876 yilning 21 yanvarida Qo’qon taxtini qaytadan egallash uchun Mahramdan yo’lga chiqib, Naymancha qishlog’iga kelganda unga Po’latxon tarafdori sifatida Qo’qon hokimi o’rnida turgan Abdullabek rahbarligidagi askarlar hujum qilganlar. Xon 200 kishisini yuqotib, Mahramga chekingan. Ammo 23 yanvarda xon tarafdorlari Abdullabekni engib, Nasriddinxonni Qo’qonga taklif etadilar va Nasriddin 29 yanvarda taxtga o’tiradi.

Bu rus harbiy ma’muriyatining rahnamoligida bo’lgan, albatta.

Po’latxon Andijondagi mag’lubiyat va Abdurahmon oftobachining dushmanga taslim bo’lganini eshitib, uning akaukalari va kelinini o’ldirtiradi. Ayni bir paytda shtabskapitan SvyatopolkMirskiy, unterofitser F. Danilov, yana 8 kishidan iborat rus asirlarini o’limga hukm etadi. General Skobelev vatan himoyachilarining asosiy qismlariga zarba bergach, MillerZakomelskiyga 600 kazak, raketa batareyasi, 2 rota pieda askar va 4 to’p bilan Marg’ilonga Po’latxonga qarshi yurishni tayinlab, Namanganga jo’naydi. Harbiy qismning shtab boshlig’i lavozimida keyinchalik harbiy vazir bo’lgan kapitan Kuropatkin turgan. Bu qushin 1876 yilning 27 yanvarida Andijondan Marg’ilonga yo’lga chiqqan. Ayni bir vaqtda rus harbiy boshlig’i ixtieriy ravishda qurollarni topshirish haqida Marg’ilon aholisiga xat yuborgan. Bu vaqtda Marg’ilonda Po’latxon qo’l ostida ko’pmingli vatan himoyachilari to’plangan edi. Shu bois u bosqinchilarga qarshi jang qilish imkoniga ega edi. Biroq u rus qo’shinining kelaetganini eshitib, 5000 otliq va qisman pieda askarlar hamda 5 to’p va 200 tuyaga ortilgan yuklar bilan Uchqo’rg’onga ketgan. Bu erda shuni aytib o’tish lozimki, Po’latxon harbiy va davlatni boshqarish ishlaridan bexabar bir oddiy kishi edi, xolos. U minglab odamlarni o’z otryadiga to’plashga erishgan bo’lsada, lekin ularni etarli darajada boshqara olmadi. U ko’proq zo’ravonlik va qurqitish vositasida ish yuritganligi uchun mavqei vaqt o’tishi bilan pasayib bordi.

Rus qo’shini Po’latxonning izi bilan yurib, 1876 yilning 28 yanvarida Uchqo’rg’onni qurshab oddi. Sungra ular to’satdan hujum qilib, u erga bostirib kirdilar. «Devordan birinchi bo’lib, — deyiladi rus manbasida, — kapitan Kuropatkin kirdi. O’rdada Po’latxonni qutqarish uchun jonini tikkanlar bilan qo’l jangi bo’ldi. Bu vaqtda 300 soldat 4 tup bilan etib kelib, darhol jangga tashlandi. Pulatxonning kuchlari sochilib ketdi. Bu jangda 5 mis to’p, ko’p qurolaslaha va Po’latxonning molmulki, xazinasi o’lja olindi». Po’latxon esa Oloy vodiysiga qochib, Darautqo’rg’on degan joyga urnashdi, ammo bu erga Qorategin hokimi hujum qilib, Po’latxonning oxirgi kuchlarini tormor etdi. Shundan keyin Po’latxon bir guruh ishonchli kishilari bilan Chavay degan joyga qochdi. Bu erda u qo’lga olinib, rus hukumati vakillariga topshirildi. Bu ishni amalga oshirishda uning ashaddiy dushmanlaridan biri Mirzaqul jonbozlik ko’rsatdi.

Po’latxon qo’zg’olonining bostirilishi poytaxt Peterburgda, xususan imperator tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olinib, uning qatnashchilari mukofotlandilar.

1873—1876 yillari Qo’qon xonligidagi o’ta dahshatli urushlar, ko’pdan ko’p odamlarning qarshiligi, shahar va qishloqlarning vayron qilinishidan so’ng xalq ommasining tinkasi quridi va qashshoqlashdi. Haetning barcha tarmoqlari izdan chiqib, misli ko’rilmagan azobuqubatlar hukm surib, qayg’ualam, qo’zbshlar hamda qonlar bamisoli dare kabi oqdi. Mana shunday og’ir sharoitda ham xalq Vatan mustaqilligi uchun kurashdan voz kechmadi. Ammo ularning o’z holiga tashlab qo’yilishi, o’zaro nizoyu kurashlar hamda harbiy texnika va harbiy bilimning pastligi mag’lubiyatga olib keldi. Bir guruh mahalliy amaddor tabaqa vakillari esa boshqa ilojini topolmay, Rossiya hukmronligini tan olishga majbur bo’ldilar. Ular xalq nomidan qalbaki ezma murojaatlarni uyushtirishib, Rossiya hukmronligiga roziliklarini namoyish etdilar. Hatto ayrim joylarda «tantanali» uchrashuvlar uyushtirdilar.

Xonlikda sodir bo’lgan keyingi voqealar paytida generalgubernator Kaufman Peterburgda ekanligi uchun uning o’rnida vaqtinchalik general Kolpakovekiy turgan edi. 1876 yil 5 fevralda bu qo’mondon Kaufmanning Qo’qon xonligini Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritish va Qo’qon shahriga harbiy yurish qilish haqidagi telegrammasini oladi. Shunga binoan Xujand, Andijon va Toshkentdan harbiy qismlar Namanganga jo’natiladi. General Skobelev qo’shin bilan Namangandan chiqib, 7 fevralda Qo’qon shahriga yaqinlashib, Nasriddinxonni o’z huzuriga chaqirtiradi. Sungra 8 fevradda shaharga bostirib kirib, xon o’rdasini egallaydi. Dushmanga qarshi urush tarafdorlari qamaladi va 29 tup qulga olinadi.

Ertasigaeq Nasriddinxon va uning hamrohlari Toshkentga yuboriladi. Bu voqeadan ko’p o’tmay boshqa harbiy qismlar ham Farg’onaga keladi.

1876 yil 15 fevralda general Kolpakovskiy Quqonga keladi. Bu tug’rida generalgubernatorlikning rasmiy gazetasi shunday ezgandi: «Sobiq Quqon xoni Sa’id Nasriddin va Abdurahmon oftobachi Toshkentga junatilganidan keyin 14 fevradda generalleytenant Kolpakovskiy imperator oliy hazratning ko’rsatmasiga binoan Qo’qonni egallash va uni rus tobeligiga o’tkazish hamda Farg’ona viloyatini tashkil etish uchun Xo’janddan Qo’qonga jo’nadi.

Sobiq xonlik aholisi general Kolpakovskiyni xursandchilik bilan qarshi oldi. Kolpakovsiy barcha aholiga imperatorning xonlik xalqlarini Rossiya tobeligiga va umum bir oilaga olish haqidagi marhamatini hamda bundan buen ular teng huquqlarga ega bo’lishlarini e’lon qiddi. U xalqni o’z mashg’ulotlari bilan shug’ullanishga da’vat etib, rus hukumati tinchlik va barqarorlikni ta’minlashini bildirdi. U savdoda, dehqonchilikda va hunarmandchilikda muvaffaqiyatlar tilab, teng huquq va adolat bo’lishini va’da qiddi hamda podshoh haqida duolar o’qishni so’radi.

General Kolpakovskiy 15 fevral, soat ikki yarimda Qo’qon devori yoniga kelgan edi. Shu vaqtda general Skobelev barcha harbiy qo’shinlar bilan uni qarshi olgan. Kolpakovskiy salomlashib, qahramonlik uchun rus askarlariga minnatdorlik bildirganidan sung savdo ahli, hunarmand va oqsoqollardan iborat shahar vakillariga shahar va, umuman, Farg’ona vodiysi rus hukumatiga buysundirilganligini bildirdi. Shundan keyin to’p ovozlari ostida Kolpakovskiy ot ustida, shtab a’zolari kuzatuvida shaharga kirib, saroy maydonida qo’shin paradini o’tkazdi. So’ngra qo’shin Kolpakovskiy orqasidan xon saroyiga kirdi».

Gazeta sahifasiga bitilgan mazkur satrlardagi «xalqning xursandchiligi» haqidagi so’zlar mutlaqo asossizdir, albatta. Buni yuqorida sharhlagan janglar yaqqol ko’rsatib turibdi. Bundan tashqari, Qo’qonga minglab soldatlarning kiritilishi ham xalqning noroziligi tufayli edi.

Rus hukumati bo’lajak xavfning oddini olish uchun Nasriddinxon va Abdurahmon oftobachini nafaqa bilan ta’minlab, Rossiyaga surgun qiddi. Xususan, Nasriddinxon Vladimir guberniyasiga yuboriddi. 1876 yil 1 martda Po’latxon Marg’ilonda dorga osildi, ruslar uchun xavfli kishilar esa hibsga olindi. Bosqinchilar mamlakatga o’zlari bostirib kirganlari va urushni o’zlari boshlaganlariga qaramay, harbiy xarajatlarni undirishga harakat qiddilar. Masalan, Kaufman Po’latxonga en berganligi uchun Marg’ilon beyushgiga 125000 tilla (500 ming sum) tovon solgan edi.

Umumlashtirib aytganda, xonlik xalqlari mustaqillik va ozodlik uchun qo’lidan kelganicha jonlarini fido etdilar. Ammo har jihatdan yaxshi qurollangan bosqinchilar g’olib kelib, vodiyni vayronaga aylantirganlari holda Qo’qon xonligini tugatdilar. Yangi tashkil topgan Farg’ona viloyatiga vodiyning shaharlari, qishloq va ovullari kiritilgan edi. Qo’li qonga belangan general Skobelev viloyatning harbiy gubernatori lavozimiga tayinlandi.

Garchand xonlik tugatilgan bo’lsada, lekin qirg’izlar ozodlik kurashlarini davom ettiraverdilar. Masalan, 1876 yil martda Marg’ilon uezdiga qarashli G’o’lja va Shohimardonda ming kishilik qirg’izlar bosh ko’tarib, Xudoyqulni xon qilib sayladilar. Ularga qarshi polkovnik Korolkov boshchiligida harbiy qism yuborildi. Qoraqiyada bo’lgan jangda qo’zg’olonchilar dushman tomonidan tormor etildi. 1876 yili Oloy qirg’izlari ikki marta kapitan Kuropatkin va Skobelev harbiy qismlariga hujum qilganlari ma’lum. O’sha yili rus harbiy qismlari boshqa qirg’iz qo’zg’olonchilari bilan ham to’qnashib, ularni mag’lubiyatga uchratdilar. Pirovardida, qirg’iz g’alaenlari ham tamomila bostirilib, ular Rossiyaga bo’ysundirildi.

Qo’qon xonligidan keyin navbat turkmanlarga keldi. Mustaqillik uchun qahramonona kurashgan bu xalq o’zining jasorati va mardligi bilan katta shuhrat qozondi. Ruslar juda qiyinchilik bilan 1881 yili Ashxobodni va 1884 yili Marv vodiysini egalladi. Ular butun tarkman elini qonga belab, vahshiyliklarini izchillik bilan davom ettirdilar.

1895 yili Pomirning Rossiyaning Markaziy Osiedagi chegarasi sifatida belgilanishi uning bosqinchilik va talonchilik rejalarining oxirgi nuqtasi hisoblanadi.

Hamid Ziyoev

KO`P O`QILGANLAR