“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ da seminar
Xorazm viloyatida “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni ijrosi bo’yicha seminar o’tkazdi

Har birimiz transport vositalari xizmatidan foydalanamiz. Zero, insonning hayoti va faoliyati rivojlanib borayotgan texnologik jarayonlar bilan chambarchas bog’likligi bois kundalik hayotimizda transport vositalarining o’rni muxim axamiyatga ega.

Shaxar yo’lovchi transportidan, temir yo’l, xavo, daryo transporti yoki boshka transport turidan foydalanmaylik, ularning xammasi bitta ibora bilan aytganda tashuvchi, deb ataladi. Tashuvchi yo’lovchining hayoti yoki sog’ligi xamda yuk, bagaj yo’qolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast etkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgardir. 2015 yil 27 mayda e’lon kilingan «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni yo’lovchilarning xavfsizligini ta’minlash, turli darajadagi xavf-xatarlar okibatida jabrlangan shaxslarga etkazilgan zarar o’rnini qoplash, sug’urta bozoridagi munosabatlarni yangi boskichga ko’tarishda muxim axamiyat kasb etmokda.

Ushbu qonun ijrosini ta’minlash maqsadida «KAFOLAT sug`urta kompaniyasi» aktsiyadorlik jamiyati, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Xorazm viloyati bo’limi ko’magida 2015 yil 06 avgustda Urganch shaxrida axoliga avtotransport xizmatlari ko’rsatuvchi korxonalarning ishchi-xodimlari uchun tashuvlar xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag’ishlangan seminar-yig’ilish bo’lib o’tdi. Tadbir «KAFOLAT sug`urta kompaniyasi» aktsiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etildi.

Seminar-yig’ilishda 25 dan ortiq Xorazm viloyati avtotransport korxonalari raxbarlari, hisobchilari hamda xavfsizlik bo’yicha mutaxassislari, respublika sug’urta kompaniyalarining viloyatdagi vakillari, DYXXBB mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ushbu tabdirda yangi konunning mazmun moxiyati va mexanizmini, amaldagi me’yoriy-xuquqiy xujjatlarga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar yuzasidan taqdimot bilan «KAFOLAT sug`urta kompaniyasi» aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi majburiy sug’urtalash Departamenti bosh menejeri Azamat Raxmatullaev so’zga chiqdi.

Tadbir so’ngida ishtirokchilar mutaxassislardan kiziqtirgan savollariga batafsil javob olish imkoniga ega bo’ldilar.

manba: www.kafolat.uz/