Muhammad - Britaniyadagi eng mashhur ism
2014 yili Muhammad ismi 3588 chaqaloqqa, Mohammed 2536 chaqaloqqa, Mohammad nomi esa 1116 chaqaloqqa qo‘yilgan. Jami o‘tgan yili 7240 o‘g‘il bolaga Muhammad ismi berilgan. London shahrida ham 2014 yili o‘g‘il bolalarga berilgan ismlar orasida ham eng ko‘pi Muhammad bo‘lgan.

Buyuk Britaniya Milliy Statistika xizmati Angliya va Uelsda 2014 yili chaqaloqlarga eng ko‘p berilgan ismlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqdagi xabarda aytilishicha, o‘g‘il bolalar orasida Oliver, qizlar orasida Ameliya ismi ikkinchi yildirki, Angliya va Uelsdagi eng mashhur nomlar bo‘lgan. Statistika xizmati ma’lumotlari bo‘yicha o‘tgan yili 6649 o‘g‘il chaqaloqqa Oliver, 5327 qiz chaqaloqqa Ameliya deb ot qo‘yishgan. Bu haqda BBC o‘zbek xizmati ma’lumot berdi.

Ism-sharifni hisoblab chiqish paytida bir harfi o‘zgargan bo‘lsa ham boshqa nom deb hisoblangani aytilgan. Agar mana shu farq inobatga olinmasa, Muhammad ismi yana Britaniyadagi o‘g‘il bolalarning eng mashhur ismi bo‘lgan. Chunki qaysidir ota-ona o‘g‘lining nomini guvohnomasiga Muhammad, yana kimdir Moxammed deb yozdirtirgan.

2014 yili Muhammad ismi 3588 chaqaloqqa, Mohammed 2536 chaqaloqqa, Mohammad nomi esa 1116 chaqaloqqa qo‘yilgan. Jami o‘tgan yili 7240 o‘g‘il bolaga Muhammad ismi berilgan. London shahrida ham 2014 yili o‘g‘il bolalarga berilgan ismlar orasida ham eng ko‘pi Muhammad bo‘lgan.

Milliy Statistika tashkiloti ro‘yxatida Jek, Harri va Jeykob ismlari mashhurligi qayd etilgan. Qiz chaqaloqlar orasida esa Oliviya, Izla va Emili nomlari ko‘p uchragan.

manba: qadriyat.uz

KO`P O`QILGANLAR