Afsonaviy qal’a
Xalq orasida tarqalgan rivoyatlarda Hazorasp - “Ming ot” yoki “Ming otliqlar diyori” sifatida talqin etiladi. Qadimiy qo’lyozma Qal’a XIX asr o’rtalarida mamlakat poytaxti Xiva bilan raqobatlasha oladigan buyuk istehkom, yirik savdo va madaniy markaz darajasiga ko’tarila olgan.

Hazorasp Xorazmning sharqiy darvozasi hisoblanadi. Shuning uchun bo’lsa kerakki, sharqning mumtoz shoirlaridan biri kuyidagi misralarni yozib qoldirgan:

Samarqand saykali ro’yi zamin ast
Buxoro quvvati islomidin ast
Hazorsb qal’ai qadimu maxkam
Xivak firdavsi rabbil olamin ast

Darhaqiqat, shunday bo’lgan. Manbashunos tarixchi olimlar Hazorasp atamasi ma’nosini turlicha ta’riflaydilar.

Xalq orasida tarqalgan rivoyatlarda Hazorasp - “Ming ot” yoki “Ming otliqlar diyori” sifatida talqin etiladi. Qadimiy qo’lyozma Qal’a XIX asr o’rtalarida mamlakat poytaxti Xiva bilan raqobatlasha oladigan buyuk istehkom, yirik savdo va madaniy markaz darajasiga ko’tarila olgan. Bu haqda Ogahiyning “Hazorasb” nomli qasidasida quyidagi satrlarni o’qish mumkin:

Darvozasi behisht eshigidek tarabafzo,
Iqboli baxt onda ikki posbon erur,
Gar yo’q jahonda misli oning lek fayz aro,
Ul bir latif jismu xazorasb jon erur.

Ma’lumot tariqasida:

Shopur 241- 272 yillar
Asfandiyorxon 1621 - 1642 yillar
Rahimquli Xon 1841 - 1845 yillar

Hazorasp sirli yozuvlari

Olim va allomalar Hazorasp haqida

Bu (Hazorasp) go’zal shahardir. U bamisoli atrofi suv bilan o’rilgan orolni eslatadi.
....Tekislikda joylashgan bu shaharning bozori va savdogarlari ko’p, aholisi boy-badavlat yashaydi.

Yoqut Hamaviy (arab sayyohi)

Hazorasp - Xorazmning yirik qal’asi. Atrofi mustahkam qo’rg’on bilan o’rab olingan. O’nga taslim bo’lmas qal’a deb ta’rif beriladi.

Abu Sa’d as- Samoniy (fors muharriri)

U butun bir sistemadan , to’g’rirog’i sistema qoldig’idan iborat bo’lgan antik davri tipdagi qumlar bilan to’ldirilgan ancha murakkab istehkomlar ustida joylashgan. Bu Hazorasp istehkomlarning devorlari 40x40x10 sm lik xom g’ishtdan qurilgan.

S.P. Tolstov

Hazorasp yirik savdo shahri bo’lib, uning ko’plab bozorlarida turlicha mamlakatlardan kelgan savdo karvonlari yig’ilgan.

Al-Maqsudiy (Bogdod)

Hazorasp olmalari, nok va anorlarining o’xshashi tengi yo’q.

H. Vamberi (1863)

Bundaxishning birinchi muqaddas olovi “Adar xurro” ilk bora Xorazmda yoqilgan. (Adar - Otar - o’t - olov, xurro quyosh degandir).
...Hazorasp qal’asi qurilishning ichki qismida shinaklari bo’lgan devorlar uchraydi. Devorlarni o’rganda unga Kanguy davriga oid sopol idishlari qo’shib o’rilgan.
...Hazorasp o’lka tarixining deyarli barcha bosqichilarida mavjud ediki, u o’z istehkomi qoldiqlarini hozirgacha saqlab qolgan.

Yahyo G’ulomov. (1959)

KO`P O`QILGANLAR