Qahramon Quranboev Prezidentning Davlat maslahatchisi o’rinbosari etib tayinlandi
Shu vaqtga qadar O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o’rinbosari lavozimida ishlab kelgan Quranboev Qahramon Qo’chqorovich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Tashkiliy-kadrlar masalalari bo’yicha Davlat maslahatchisi o’rinbosari etib tayinlandi.

Ma’lumki, unga qadar ushbu lavozimda ishlagan Sharapov Anvar Kurbanovich yangi tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasiga rahbar etib tayinlangan edi.

Ma’lumot uchun. Qahramon Quronboev 1970 yilda Xorazmda tug’ilgan. 2001-2006 yillarda "Kamolot" YoIH Markaziy Kengashi raisining birinchi o’rinbosari lavozimida, 2009-2012 yillarda O’zbekiston Milliy universiteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektori, 2012-2013 yillarda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi prorektori, 2013-2016 yillarda Vazirlar Mahkamasida yoshlar siyosati masalalari kompleksi sektor mudiri, 2016 yildan O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o’rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

sharh.uz

KO`P O`QILGANLAR