1888 yil, mart. “Bolshaya Yaroslavskaya Manufaktura”sining agenti D.Kuzin Xiva xoni Muhammad Rahimxondan (Yangi) Urganchda paxta tozalash zavodi qurish uchun ruxsatnoma oldi.
1889 yil, dekabr. Xorazmda ilk sanoat korxona ishga tushirildi. Uning dastgohlari kema va temir yo’llar orqali AQShdan keltirilgan.
1890-1900 yillar. Zavod yiliga 350-400 ming rublga teng (tillo pul hisobida) mahsulot ishlab chiqara boshladi.
1903 yil. Aka-uka Kraftlar Yangi Urganchda Russko-Aziatskiy bank bo’limini ochdilar va zavodda sherikchilik (kompanonlik) asosida ish olib bordilar.
1905 yil. Yanvar oyida Sankt-Peterburgda sodir bo’lgan qonli yakshanba ta’sirida korxona ishchilari orasida norozilik kayfiyati qo’zg’oldi.
1910 yil. Aka-uka Kraftlar zavod korpuslarini yangidan qurdilar va uni paxta-moy korxonasiga aylantirib, to’la xo’jayini bo’ldilar.
1919 yil dekabr. Junaidxon bosqini sababli zavodda yong’in chiqdi. Ishchilar o’z korxonasini himoya etish uchun 10 kun kurashdilar.
1920-1922 yillar. Zavod ta’mirlanib ishga tushirildi. Unga I.A.Cherezov direktor etib tayinlandi.
1923-1925 yillar. Zavod ishchi-xizmatchilari soni 150 nafarga etdi. Ular orasida 22 rus, 9 tatar, 17 o’zbek va boshqa millat vakillari bor edi.
1925 yil. Zavod bir yilda 524 tonna o’simlik yog’i va sovun ishlab chiqarishni 90 tonnaga etkazdi.
1930 yil. Yangi paxta zavodi ishga tushirildi. Zavodlar o’rtasida yurgiziladigan “Poezd” ishga tushdi. Temir yo’lning uzunligi 1,5 kilometr edi.
1932 yil. Zavod yangidan rekonstruktsiya etildi va bir kecha kunduzi: 3885 kg. qora moy, 3334 kg. o’simlik yog’i, 590 kg. sovun ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ldi.
1940 yil. Zavodning elektr-energiya ishlab chiqarish quvvati 400 ot kuchiga teng keltirildi. Korxonaning malakali xodimlari Xiva, Hazorasp, Mang’it, Xo’jayli, Xonqa zavodlariga yordamga bordilar.
1941-1945 yillar. Zavodning 465 nafar ishchi, injener-texnik xodimi frontga jo’nab ketdi. Ularning uchdan bir qismi qaytib kelmadi.
1950-1960 yillar. Zavodda 4 ta tsex 8 smena ishladi. U o’z mahsulotlarini AQSh, Daniya, GDR, Polsha, Misr kabi 12 davlatga eksport qilib turdi.
1959-1963 yillar. Korxona Taxiatosh elektr energiyasi va Buxoro gaziga uzluksiz ulandi.
1965-1980 yillar. Urganch yog’-moy zavodiga Sotim Nurmatov rahbarlik qildi.
1964-1977 yillar. Urganch shahrida zamonaviy yog’-moy kombinati qurish va smeta loyihalarini tayyorlash 15 yilga cho’zildi.
1977 yil 28 oktyabr. O’rta Osiyoda eng ulkan (gigant) Urganch yog’-moy ekstraktsiya kombinatining birinchi bosqichi ishga tushirildi.
1979-1999 yillar. Korxonaga mohir tashkilotchi Telman Razzoqovich Musaev rahbarlik etdi.
1990 yil dekabr. Korxonaning 100 yillik yubiley to’yi o’tkazildi.
1991 yil 31 avgust. O’zbekiston Mustaqilligi kuni korxonada katta shodiyonaga aylandi.
1994 yil. Kombinat davlat tasarrufidan chiqarilib korporativ boshqarishga asoslangan ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
1991-2000 yillar. Kombinat yiliga 40-42 ming tonna o’simlik yog’i, 36 ming tonna tozalangan yog’, 15 ming tonna xo’jalik sovuni ishlab chiqarib, jami mahsulotlar 40 million so’mni tashkil etdi. 1999 yilda yalpi mahsulotning yillik qiymati 5,4 milliard so’mdan oshdi.
2007-2011 yillar. Respublika Prezidentining yog’-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya etish va texnik, texnologik qayta jihozlash Davlat dasturini bajarishga kirishildi. Korxona tsexlari xorijdan keltirilgan “B6-T MEM-400”, “ETR-20,16”, “SKET”, “MT3-80”, gidrogenizatsiya tsexi kabi o’nlab dastgohlar bilan jihozlantirildi.
2010-2013 yillar. Korxona ishchi-xizmatchilari soni 1029 kishini tashkil etib, ular 22 tsex va bo’limlarda samarali mehnat qilmoqdalar. 17 mamlakat bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatilgan.
Urganch yog’-moy ochiq aktsiyadorlik jamiyati Jahon paxtachilik kengashining sertifikati va xalqaro nufuzli “Oltin yulduz” va “Yangi era” nishonlari bilan taqdirlandi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti 15 taga etkazildi.
2012-2015 yillarga mo’ljallangan Xorazm viloyatining sayyohlik salohiyatini tubdan yaxshilash Davlat dasturiga ko’ra Urganch shahridagi “Yoshlar ko’li” majmuasi bunyod etishda hamda “Tinchlik” ko’chasini obodonlashtirishga homiylik yordam uyushtirish bo’yicha bir yarim milliard so’m xarajat etish rejalashtirildi.
2014 yil. Urganch yog’-moy OAJ jamoasi Xorazm vohasida yog’-moy sanoatiga asos solinganligining 125 yilligi munosib kutib olindi.

© K.Nurjonov. “Xorazm sanoatining to’ng’ichi”