"Urganchlik ikki fuqaro: GM Uzbekistanning Xorazm viloyati filiali kassiri Ulugʻbek Utamuratov va ushbu filialning ombor mudiri Qurbonnazar Sobirov 1400 dollar pora olayotganida qoʻlga olindilar. Ular bu pul evaziga "Xorazmavtotexxizmat"ga "Damas" mashinasini sotib olish uchun shartnoma tuzishda yordam bermoqchi boʻlishgan", — dedi MXX vakili.
Qoʻlga olinganlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Qayd etish joiz, keyingi vaqtda MXX mamlakat avtosanoatidagi tovlamachilik va taʼmagirlikka nisbatan kurashni kuchaytirdi. Bu ushbu sohada jinoyatlarning va rasmiy dilerlik tarmoqlaridagi insofsiz sotuvchilarning kamayishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi.