Prezident o‘z murojaatida 2018-yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. Yig‘ilishga to‘plangan deputat va senatorlar, jamoatchilik vakillari ushbu taklifni gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatladi.
Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1997-yildan e’tiboran har bir yilga shu davr ichida rivojlanishlarning muhim yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga aylangan edi. 1997—2017-yillar oralig‘ida yillarga quyidagicha nom berilgan:
2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili
2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
2014-yil — Sog‘lom bola yili
2013-yil — Obod turmush yili
2012-yil — Mustahkam oila yili
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008-yil — Yoshlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2005-yil — Sihat-salomatlik yili
2004-yil — Mehr va muruvvat yili
2003-yil — Obod mahalla yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2001-yil — Onalar va bolalar yili
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
1999-yil — Ayollar yili
1998-yil — Oila yili
1997-yil — Inson manfaatlari yili
"Daryo.uz" yangiliklari