Xorazm, Buxoro, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida “Xavfsiz turizm”ga mas’ullar tayinlandi
O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.

Xorazm viloyat xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Ataboyev Muhammadjon Amangaldiyevich, Buxoro viloyat xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Safarov Erkin Nasilloyevich, Samarqand viloyat xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Zubaydullayev Mirzoxon Fayozovich hamda Qashqadaryo viloyat xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Saidxo‘jayev Azizjon Sobirovich tayinlandi.

Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan edi.

Konsepsiyada mazkur viloyatlar IIBlarida xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari tashkil etilishi, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida IIB boshliqlari o‘rinbosarlari hisoblanishi, shaxsiy tarkib esa tanlov asosida, birinchi navbatda, chet tillarini biladigan xodimlar jumlasidan shakllantirilishi nazarda tutilgan edi.

O‘zA

KO`P O`QILGANLAR