2018-yilda O‘zbekistonda necha kun dam olinadi?
2018-yilda 2-yanvar – seshanba, 20-mart – seshanba, 31-avgust – juma kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida keltirilgan.

Farmonga muvofiq, 2018-yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chirildi:

6-yanvar - shanbadan 3-yanvar - chorshanbaga;
17-mart - shanbadan 19-mart - dushanbaga;
24-mart - shanbadan 22-mart - payshanbaga;
25-avgust - shanbadan 23-avgust - payshanbaga;
26-avgust - yakshanbadan 24-avgust - jumaga;
8-sentabr - shanbadan 3-sentabr - dushanbaga;
15-sentabr - shanbadan 4-sentabr - seshanbaga;
29-dekabr - shanbadan 31-dekabr - dushanbaga.

Farmonning to‘liq matni bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

O'zA