O’zbek-turkman do’stlik uyi ochildi
Urganch tumanining G’oybu qishlog’ida turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi. Ularning o’z ona tilida ta’lim olishi, urf-odatlari va an’analarini rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan bu erda O’zbek-turkman do’stlik uyi bunyod etildi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi asnosida ushbu ma’naviyat maskanining ochilish marosimi bo’ldi.

Davlat rahbarlari dastlab bu erda o’rnatilgan Maxtumquli Firog’iy byustini ochdi, uning poyiga gullar qo’ydi.

Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov O’zbek-turkman do’stlik uyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu majmua qadimiy va zamonaviy me’morlik an’analari asosida bunyod etilgan. O’zbek va turkman xalqlarining ko’p asrlik aloqalarini aks ettiruvchi muzey, ikki mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona tashkil qilingan. Tadbirlar o’tkazish uchun katta zal, turli fan va san’at to’garaklari uchun xonalar barpo etilgan.

O’zbek-turkman do’stlik uyi, turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar turkmanistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ўзбек-туркман дўстлик уйи, туркман миллатига мансуб юртдошларимиз учун яратилган имкониятлар туркманистонлик меҳмонларда катта таассурот қолдирди.

manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti