![]() Usunlar(uyshunlar) Markaziy va O’rta Osiyodagi ko’chmanchi qabilalardan biri bo’lgan. Xitoy manbalariga ko’ra, ular miloddan avvalgi III asrda yuechjilar bilan birga Dunxuan (Do’ngxuang) bilan Tangritog’ning sharqi, Qorong’u tog’ (Kunlun)ning shimolidagi Chilan tog’i yaqinida yashagan. Usun xonligi hududiga Issiqko’lning shimoli, Balxash ko’lining janubidagi erlar kirgan.
|
![]() Qadimda Sirdaryoning o’rta havzasida mavjud bo’lgan davlat (miloddan avvalgi III va milodning V asri o’rtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham shunday nom bilan ataladi.
|
![]() “Avesto”da bayon qilingan voqealar asosan, “Arianam Vayja” mamlakatida, ya’ni olimlar tomonidan “Katta Xorazm” deb atalgan davlatda ro’y beradi. Bu davlat Baqtriya, Marg’iyona, So’g’diyona, Xvayrezm (Xorazm)ni o’z ichiga olgan.
|
![]() Qadimgi yozma va arxelogik manbalarni o’rganish natijasi shuni ko’rsatadiki, qadimgi xorazmliklar ilm-fan sohasida o’z davri uchun ilg’or bo’lgan yutuqlarga erishganlar va hayotga tadbiq qila olganlar.
|
![]() Xorazm O’rta Osiyo hududidagi eng qadimiy davlatlardan biri bo’lib, aholisi o’troq va ko’chmanchi qabilalardan iborat bo’lgan. Uning hududi Amudaryoning quyi qismidan janubga tomon Murg’ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha cho’zilgan.
|
![]() «Rivoyat qilinishicha, Pyotr I o’lim to’shagida ikkita narsadan: Turkiyadagi chiviq omadsizligi hamda Bekovichning Xivada qatl qilinishi qasosini ololmaganiga armon bilan ketgan ekan», deb yozadi rus shoiri Pushkin. Nima bo’lgan ediki, ulkan saltanatning shohanshohi Pyotr, hattoki, o’lim to’shagida ham qanchadan-qancha zarur narsalarni eslash o’rniga, Xivadan qasd olishni vasiyat sifatida eslab o’tadi? Buyuk shoir qalami orqali esa, ushbu vasiyat asrlar osha keyingi avlodlarga etib keladi.
|
![]() Xalq orasida tarqalgan rivoyatlarda Hazorasp - “Ming ot” yoki “Ming otliqlar diyori” sifatida talqin etiladi. Qadimiy qo’lyozma Qal’a XIX asr o’rtalarida mamlakat poytaxti Xiva bilan raqobatlasha oladigan buyuk istehkom, yirik savdo va madaniy markaz darajasiga ko’tarila olgan.
|
![]() Matmuratov Quramboy Masharipovich 1965 yil Xorazm viloyati Xazarasp tumanidagi sanoat qishlog’ida to’g’ilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 23 sentyabrdagi Farmoniga binoan “DO’STLIK” ordeni bilan mukofotlangan.
|
![]() IX-XV asrlar Xorazm savdo shaharlari to’g’risidagi arab-fors, evropa va eski o’zbek tilidagi manbalar ma’lumotlari umumiy holatda savdo shaharlarining xo’jalik hayoti, mavqei to’g’risida atroflicha ma’lumotlar bera olmaydi.
|
![]() Savdo munosabatlarining taraqqiyoti Xorazmni Buyuk Ipak yo’lining Markaziy tarmoqlari kesishgan markazlardan biriga aylanishiga, turli sohalarga ixtisoslashgan ayniqsa, savdo munosabatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan savdo markazlarining vujudga kelishiga olib kelgan.
|