“Oila davrasida” gazetasi bildirishicha, oilaning kenja farzandlari Ibratjon va Ro’zmatboylar tumandagi agrosanoat kollejini tamomlagach, ikki gektar erning 30 sotixiga parrandalar uchun yangi xonalar qurishdi. Qolgan erlarida ular uchun ozuqabop ekinlar ekildi.
— Kelgusida parrandalar turlarini ko’paytirib, bu erda ekoturizmni yo’lga qo’ymoqchimiz. Tuyaqush jo’jalari uch-to’rt yilda voyaga etib, tuxum qo’yishni boshlar ekan. Ular hozir uch yoshning berisida. Har birining vazni 80-90 kilogrammdan kam emas. Tuyaqushlarni ko’paytirib, ular terisidan ayollar sumkalari, go’shtidan tansiq taomlar pishirib sotishni mo’ljallayapmiz, — deydi «Ibrat-Ro’zmat» parrandachilik korxonasi rahbari Ibrohim aka Jumaniyozov.
Parrandachilik korxonasida o’n nafar ishchi o’rni paydo bo’ldi. Ibrohim aka parrandaga ishqiboz. Uning turlarini ko’paytirish haqida mudom o’ylab, tovus, tsesarka, yapon tovuqlari, tog’ kakliklari, qirg’ovul boqishni ham yo’lga qo’ydi. O’zlarining inkubatsiyasida nodir parrandalar tuxumidan jo’ja ochirib, parvarishlamoqda. Ularning oilaviy parrandachilik korxonasida 1250 ta o’rdak, 1000 boshdan ziyod bedana ham bor.
Manba: 1news.uz