TATU Urganch filialida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
TATU Urganch filialida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”da viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘qituvchilari va bitiruvchilari qatnashishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantrish vazirligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Q.Xayitbayev va boshqalar so‘zga chiqib, yurtimizda axborot texnologiyalarga bo‘lgan e’tibor va filialda yaratilgan shart-sharoitlar, filial talabalarining keyingi paytda erishayotgan yutuqlari to‘g‘risida hamda filialning yangi binosi va unda talabalar uchun yaratilgan o‘quv xonalari, laboratoriyalar haqida gapirib o‘tdilar.

Tadbir so‘ngida abituriyentlar va ularning ota-onalari filialda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi, zamonaviy laboratoriya xonalariga ekskursiya qilishdi.

Manba: xabar.uz

KO`P O`QILGANLAR