20-yillarda Xorazmda xotin-qizlar hayoti.
Xiva xalq inqilobining g’alabasidan keyin Xorazm xotin- qizlari hayotida ham ancha o’zgarishlar yuz bera boshladi. 1920 yildan boshlab ko’p xotinlikka qarshi qonun e’lon qilindi va birinchi bolalar bog’chasi ishga tushirildi. 1921 yildan boshlab qizlar uchun nikoh yoshi 16, yigitlar uchun 17 qilib belgilangan. 1920-1922 yillar davomida Xiva, Urganch kabi shaharlarda vujudga kelgan tashkilotlarda o’tkazilgan yig’ilishlar, qurultoylar, konferentsiyalarda Xorazm mehnatkashlarining xuquqlari xaqida fikrlar yuritildi.

1920 yilning birinchi yarmida endigi shakllanayotgan yoshlar uyushmasi oldida xotin-qizlar uyushmasi tashkil qilindi. 1921 yilning iyun oyida Xorazm jumhuriyati xotin-qizlarining birinchi kengashi chaqirildi. Kengashda mahalliy xotin-qizlarning vazifalari haqida fikr yuritildi va sharq xotin-qizlarining Butunrossiya s’ezdiga vakillar saylandi, S’ezdga Rahima Bobojonova, Durjon Bikchurina, Onabibn Safoeva, Durjon Otajonova, Kapilovalar saylandilar. 1921 yil 5 iyunda yoshlar uyushmasining tashabbusi bilan savodsizlikni tugatish maktabi ochildi va unga 65 nafar xotin-qiz jalb qilindi. Bu esa do’stlik, yangi hayot to’g’risidagi g’oyalarning tantana qilishi bo’ldi va xotin-qizlarning sovetlar zamonida qurilishga yanada yaqinroq kelishiga sharoit hozirladi. Mahalliy xotin-qizlar yangi hayot qurilishi o’zlaridan katta jasorat, aql-idrok, dushmanga qarshi qo’lga qurol olib kurashish, ilg’or tashkilotchi va mehribon tarbiyachi bo’lish kabi xislatlarni talab qilayotganini tushuna boshladi. 1921 yilda Xiva shahridagi turli kurslarda ta’lim olayotgan Sharifa Abdurasulova, Komila Do’shaeva (1905 yildan Yangi Urganchdagi jadid maktabi o’qituvchisi), Maryam Agieva, Fozila Abdurahmonova, Gulzaynab Mannopova, Oysha Nazarova, Hayot Saydoshova, Durjon Bikchurina, Dilafro’z Husnitdinova kabi ilg’or xotin-qizlar partiya va sovet davlati tomonidan ilgari surilgan talablarga javob berib, birinchilar qatorida yangi hayot sari keldilar. Ularning tinmay-charchamay qilgan myohnati va tashkilotchiligi natijasida 1922-1923 yillar Xivadagi birinchi Ishtirokiyun makshbiga Maryam Panoeva, Yoqut Davlatova, Qurbonbika Osqorova, Sarvara Nodirova, Xadicha Nodirova, Guljuma Xabibullina, Muhliko Hakimova, Ruxiya Hasanova, Sarvara Gubaydullina, Gavhar Gubaydullina, Mag’ruba Yoqubova kabi ilg’or xotin-qizlar jalb qilindi. B. Idrisova, Inna Yakinina, Chuchina kabi faollarning kundalik faoliyati, jasorati Xiva shahridagi xalq dorilfununiga va qizlar maktabiga o’nlab mahalliy xotin-qizlarni jalb qilishga yo’l ochib berdi.

Xorazmlik xotin-qizlar harakati ularning o’z tashkilotlariga ega bo’lish talabini kun tartibiga qo’ya boshladi. Xorazm partiya tashkiloti Markaziy Komitetining xotin-qizlar bo’limi mudiri S. T. Lyubimovaga , «Xorazm xotin-qizlarini ozod kilish ishlarining borishi to’g’risida» — yo’llagan hisobotida Xorazmda xotin-qizlar uyushmasi 1923 yil 12 sentyabrda tashkil qilinganligi, 1924 yil 1 yanvargacha 5 marta kollegiya majlisi, 4 marta umumiy majlis o’tkazilib, jami 22 masala qaralganligi, xotin-qizlar uyushmasi tomonidan «Qizil kazarma haftaligi «tashkil qilinib, unda turli millat xotin-qizlaridan 38 kishi ishtirok qilib, harbiylarning kiyimlarini tikish ishlarini bajarganligi qayd qilingan. Xorazmlik xotin-qizlar armiyaga faqat kiyimlar tikish va ularni yamash bilan yordam berib qolmasdan, bor imkoniyatlardan foydalanib yordam berganlar, zarur joyda qo’llariga qurol olib jang qildilar. Shu sababdan ham armiya tuzilgan kunga 5 yil to’lishi munosabati bilan xorazmlik xotin-qizlardan katta gruppasi mukofotlangan edi.

Xorazmda Xonimlar uyushmasining birinchi majlisi 1923 yil 13 oktyabrda chaqirilib, bu to’g’rida Iqtisodiy sovetga yozilgan bir xatda shunday deyilgan edi: «Ushbuning bilan bildiriladir 13 oktyabrda, shanba kuni soat – 4:00 da «Xonimlar uyushmasi»ning birinchi majlisi bo’ladi. Shuning uchun xonimlar uyushmasiga ro’yxatlari berilgan ham berilmagan xotin-qizlar majlisga kelishga haqlidilar. Shunga binoan mahkamangizdagi xotin-qizlarning kelishlari kerak. Majlis sho’roning binosida, qizlar maktabidadir. Xotin-qizlar uyushmasining raisasi». Imzo.

Xotin-qizlar uyushmasi va uning ish faoliyati yangicha hayot qurish uchun kurash kuchaygan bir sharoitda tashkil qilinganligi tufayli, har bir xotin-qiz o’z faoliyatini shu davrdagi siyosiy hayot bilan qonuniy ravishda bog’lashga majbur edi. Asosiy vazifa esa o’lkaning barcha mehnatkash xotin-qizlarini yangicha qurilishga jalb qilishdan iborat bo’lib turardi. Shuning uchun ham, dastavval, Xorazmda birinchi bor xalqaro xotin-qizlar kuni 8-Mart bayramini keng nishonlab, mazlumalarga yangi hayotning mazmunini tushuntirmoq kerak edi. Xorazm jumhuriyatining 1923 yil 20 oktyabrdagi yangidan qabul qilgan Konstitutsiyasida, Sovet hokimiyati xotin-qizlar erkaklar bilan tamoman teng huquqni egallashlari kerak, deb hisoblaydi, deyilgan edi. 1923 yil 4 noyabrda XKP MK qoshida xotin-qizlar uyushmasi kollegiyasi tashkil qilindi.

Xorazmda xalqaro xotin-qizlar kuni 8 Martga qizgin tayyorgarlik ketayotgan bir davrda «Inqilobga» qarshi kuchlar bosh ko’tarib xalq hokimiyatiga qarshi kurash boshlar ekan, xotin qizlar tashkiloti uchun ham bu katta sinov bo’ldi. Xivani qamal qilgan kuchlarga qarshi kurash barcha ilg’or xotin-qizlarni oyoqqa turg’azdi. Ana shu keskin kurash yillarida mehnatkash xotin-qizlar orasidan etishib chiqqan Onabibi Safoeva, Norjan Abdusalomova, Maryam Ishokova (Tuyg’u) Anvara Bobojonova, Qutli Seyntjonova, Tursun Irmonova, Maryam Divonova, Onajon Berigina, Fotima Bekmuhamadova, Sharifajon Ahmadjonova, kabi o’nlab xotin-qizlar yangicha qurilishda tashkilotchilik qildilar.

Bu harakatlarda g’olib chiqqan xorazmlik xotin-qizlar 1924 iil 8 martni katta bayram sifatida nishonlab shu bayram munosabati bilan shu yili 10 martda tikuvchilik birlashmasining birinchi son «Mart arteli»ni tantanali ravishda tashkil qildilar. 1924 yil 8 Martning Xorazmda bayram sifatida keng nishonlanishi xotin-qizlarning katta kuch bo’lib maydonga chiqishini yanada tezlashtirdi. Xorazm o’lkasida tezda «Mart uchquni», «Umid Yolqini», «Mazlumalar ozodligi», “Ozodaxonlar”, “Erk qizi”, nmlari bilan devoriy gazetalar chiqarish yo’lga qo’yilib qoloqlikka qarshi xujum va mexnatkash xotin-qizlarni sovet tashkilotlariga jalb qilish uchun kurash qizitib yuborildi.

1925 yilda Xivada xotin-qizlar klubi tashkil qilinib ular orasida ommavii-siesiy ishlarning yanada kuchaytirilishiga katta imkoniyat yaratilgan bo’lsa, shu yili nikoh va u bilan bog’liq ishlarda qozi sudlari hududlarining chegaralanish masalasining muhokama qilinishi xonlar zamonida hayot kechirgan, endi o’zining tamoman ozodligi uchun kurash boshlagan xotin-qizlarning faolligini yanada oshirib yubordi. Kurash qizgin tus olganlikdan ruhoniylar va ba’zi kishilar faollar joniga qasd qilish darajasiga borib etdilar Uz ozodligi, xotin-qizlarning teng huquqligi to’g’risida katta ommavii siesiy ishlar olib borayotgan muxbirlarga, qarshi harakatlar qila boshladilar. Ammo xorazmlik xotin-qizlarni endi boshlagan yo’lidan hech qanday kuch kaytara olmasdi. O’lkaning xotin-qizlari «Muxbira», «Go’zal», «Xiva go’zali», «Ayol» kabi imzolar bilan ro’znomalarga maqolalar yo’llab o’z xuquqlarini himoya qila boshladilar.

Xorazm viloyati tashkil qilinishi bilan mahalliy tashkilotlar rahbarlari xotin-qizlar hayotiga ham e’tiborsiz bo’lmadilar. 1925 yil boshlaridan xalqaro xotin qizlar bayrami 8 Martga tayyorgarlik haqida ko’rsatma berildi. Xiva shahrida 15 xotin-qizdan vakillar majlisi tuzildi. Ulardan 5 kishi o’zbek, 10 kishi tatar va ruslardan iborat edi. 1925 iil Urganch shahrida ham xotin-qizlar bo’limi tuzilib, uning faollari 25 kishidan iborat edi. Faollarning 9 nafari o’zbek, 12 nafari tatar, 3 nafari qozoq, 1 tasi rus xotin-qizlari edilar. Xotin-qizlar orasidan etishib chiqqan faollar tashabbusi va tashkilotchiligida Xiva shahrida xotin-qizlar klubi tashkil qilindi. Xotin-qizlar orasiga shiorlar tarqatildi, xotin-qizlar majlislari o’tkazildi va 7 mart kuni xotin-qizlar bayramining ahamiyati to’g’risida majlisda ma’ruza qilindi. Shu bayram kuni xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan majlisdan keyin namoyish qilingan pesani 500 ga yaqin xotin-qizlar tomosha qildilar.

1925 yil mart bayrami munosabati bilan o’tkazilgan namoyishda ham xotin-qizlar ishtirok qildilar. Birodarlar qabristonida ham miting o’tkazildi. Shu kuni xotin-hizlar uchun alohida kino tashkil qilindi. Xiva xotin-qizlari Ostona qabristoniga borib «Shark kuni»ni o’tkazdilar. Shu yuqorida aytilganlardan xulosa chiqarib, xotin-qizlarning faoliyati haqida shunday deb yozgan edilar: «Uzbek xotin-qizlari ijtimoiy ishlar bilan qiziqmoqdalarki, buni xotin-qizlarning majlislarga ishtirokidan, faollik ko’rsatayotganlaridan, o’qimoq uchun intilishlaridan, mahalliy xotin-qizlarning o’qish uchun arizalar yozayotganlaridan ko’rsa bo’ladi». Xiva shahridagi xotin-qizlar klubida majlislar tashkil qilina boshladi, suhbatlar o’tkazildi, ovoz chiqarib o’qishlar tashkil qilindi, to’garaklar ishlari yo’lga qo’yildi. Xiva xotin-qizlar klubiga 53 nafar xotin-qiz a’zo bo’lib, ulardan 20 nafari o’zbek, 28 nafari tatar, 3 nafari rus va 2 nafari qozoq qizlari edilar.

Klub qoshida xotin-qizlar uchun konsultatsiya tashkil qilindi. Xotin-qizlar orasida 27 komissiya ishlab, 25 masalani muhokama qildilar. Shu yili o’qishga yuborishni iltimos qilib 56 ariza tushdi. Ulardan ko’pchiligi mahalliy xotin-qizlardan edi. Albatta xotin-qizlar ozodligi masalasi kun tartibiga qo’yilgan davrda ham bu masala osonlik bilan bormadi. Erlaridan kaltak eb jarohatlangan xotinlardan 36 nafari kasalxonaga tushdi. 37 nafari ajralish to’grisidagi ish bilan sudga yuborildi, 7 nafari milidiyaga yuborildi va 2 nafari jinoyat qidiruv mahkamasiga topshirildi.

Xiva va Urganch shaharlarida xotin-qizlar o’rtasida ishlash masalasi ancha kengroq ravishda olib borildi Xiva va Urganch shaharlari xotin-qizdari o’rtasida ishlashning bir va uch oylik dasturlari vujudga keldi. 1925 yil oktyabr-dekabr oylari uchun Xiva shahar xotin-qizlar va yoshlar klubining ish dasturida tubandagi masalalar bo’lib, ular shu davr uchun eng zarur vazifalardan edilar: Xotin-qizlarni klublar a’zoligiga jalb qilish, klubda rahbarlik ishlariga madaniy ong-bilim bo’limidan, tashviqot va targ’ibot bo’limidan, xotin-qizlar bo’limidan, kasaba uyushmasidan, qo’shchi uyushmasidan va boshda tashkilotlardan a’zolar saylash, klubda dramatik va xor to’garaklari uyushtirish, qishloq xo’jaligi to’garagi tuzish, ovoz chiqarib o’qishni tashkil qilish va xotin-qizlar bilan suhbatlar uyushtirish, havaskorlar to’garagi va jonli ro’znoma kunlari o’tkazish, ishchi muxbirlari to’garagi tashkil qilish va boshhalar.

Klub ishlari shu darajada faollashdiki, bu erdagi to’garaklarga a’zo bo’lib yozilgan xotin-qizlar bu joyni o’zlarining tarbiya beruvchi uyi deb atadilar. Xiva shahridagi xotin-qizlar klubiga har oy davomida 800 kishi kelardi. Shulardan qiroatxonaga 500 kishi qatnashdi. Udardan 200 nafari xotin-qiz, 600 nafari yoshlar. Klubga kelayotganlarning 50 foizdan ortigini o’zbek xotin-qizlari va yoshlari tashkil qildi. Urganch shahrida tashkil qilingan xotin-qizlar klubi ham o’z ishini faollashtirib, spektakllar namoyish qila boshladi.

Xorazmda 1920-1925 yillar xotin-qizlarni yangi hayotga jalb qilishda dastlabki qadamlar qo’yilib, asosiy ishlar hali shaharlarda bajarilayotgan edi. Xotin-qizlar hali diniy tashkilotlarning, xotin o’z erining to’la hukmronligidan chiqib mustaqil ravishda siyosatga kira olmagan edilar. An’anaviy siyosatni davom qilqirayotgan oqsoqollar, qozi sudlari, devonlar hali o’z hukmronligini saqlab kelayotgan edilar, an’analar davom qildi.

Xiva shahridagi xotin-qizlar klubida jami 4 kishi shtat bo’yicha xizmat qilib ular orasida bittasi o’zbek, 2 nafari tatar, bittasi rus millatidan edi xolos. 1925 yil 15 iyulda Xiva shahrida xotin-qizlar bilim yurtining ochilishi katta tarixiy voqea bo’ldi. Qizlar pedagogika texnikumiga Zaynab Kamolova mudir, Xadicha Valishova o’qituvchi, Zaynab Potieva, Xadicha Azimova, Gulsuma Abbosova ho’jalik ishlari mudiri, Qurbonoy Otajonova oshpaz bo’lib ish boshladilar.

Pedtexnikumning ochilishi xotin-qizlar harakatida katta rol o’ynadi. Chunki bu o’quv yurtining tashkilotchilari o’zlarining asosiy ishlari bilan bir qatorda katta jamoat ishlarini ham olib bordilar. Zaynab Kamolova Xiva shahar sud komissiyasida, Xadicha Valishova ro’znoma to’garagida, Zaynab Potieva adabiyot va dramatik to’garakda, Hamida Azimova klub, qiroatxona komissiyasida tashkilotchilik qildilar.

Xotin-qizlar o’zining dastlabki ishi, faoliyatini kalta minora qoshidagi Ali mahramning joyida boshlab, keyinchalik 13 xonalik Nurmirot mahramning uyiga ko’chdilar. Texnikum ochilishining tarixiy ahamiyati haqida viloyat maorif va xotin-qizlar bo’limida ma’ruzalar qilindi, «Inqilob quyoshi» ro’znomasida axborotlar berildi.

Xotin-qizlar texnikumida «Mazlumalar ozodligi» xogin-qizlar klubi qoshida «Erkin xotin-qizlar» devoriy gazetalari chiqa boshladi.

1926 yil Urganch shahridagi tashkilotlar 75 xotin-qizni, Xiva shahri 28 xotin-qizni paxta terimiga safarbar qildi. Shu davrda Urganch shahridagi sovun zavodida 7 nafar xotin-qiz pillakashlik zavodida, 5 nafar xotin-qiz xizmat qildilar.

1926 yilgi saylovoldi yig’ilishlarida Xiva shaharidangina 1200 xotin-qiz ishtirok qilib, 80 nafar vakil saylandi. Xotin-qizlar turmushini yaxshilash, taloq ishlarini nazorat qilish va yuridik ishlar bo’yicha komissiyalar tuzildi. Xotin-qizlarni kasaba uyushmasi ishlariga, qo’shchi uyushmasi ishlariga jalb qilish kuchaydi.

Xalq orasida o’tkazilgan tashviqot-targ’ibot ishlarida Xiva shahridan 288 xotin-qiz ishtirok qildi. Ular oldida shahar sovetining va xalh maorifi bo’limining ishlari bo’yicha ma’ruzalar qilindi. Konferentsiyaga 150 ayol ishtirok qildi.

Xotin-hizlar orasida o’tkazilgan, tashviqot-targ’ibot ishlari natijasida mahalliy ayollar o’zlarining yosh bolalari bilan xotin-qizlar konsultatsiyasiga kelishlari ko’paydi. Xorazm viloyatida 1926 yilda 500 dan ortiq xotin-qiz artellarda, dehqonchilikda ishlab, shulardan 302 nafari o’zbek, 180 nafari tatar, 18 nafari rus xotin-qizlari edilar.

Xiva shahridagi artelda 172 nafar xotin-qizlar xizmat qildilar. Ikki internatda 51 nafar qiz tarbiyalanayotgan edi. Uchta xotin-qizlar maktabi ishlab, 65 kishi ta’lim-tarbiya olayotgam edi. Shu bilan Xiva, Urganch, Gurlan shaharlarida xotin-qizlarning savodsizligini bitirish maktablari tashkil qilinib, unga 48 kishi jalb qilindi. Xotin-qizlar pedagogika texnikumida 40 talaba bo’lib, o’zbeklar 34 nafar, tatarlar 5 nafar, bittasi rus millati vakillari edi.

Xiva shahridagi klub qoshida tashkil qilingan kechki kursga 12 nafar xotin-qizlar yozildilar. Xotin-qizlar pedagogika texnikumi talabalari orasida 13 yoshdan 29 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar bo’lib, ular o’zbek, tatar va qozoq xalqlarining vakillari edilar. Pedagogika texnikumi talabalari orasida Amina Abdurasulova, Muslima Divanova, Salima Qo’shoeva, Yoqutjon Olloyorova, Avazjon Otajonova, Onabibi Olloyorova, Saodat Murodova, Onajon Jumaniyozova, Bikajon Davlatova, Poshsha Qurbonova, Qurbonjon Qorieva, Fotima Jumaniyozova, Onabibi Divanova va boshqalar bor edilar.

Xiva shahridagi xotii-qizlar klubining a’zolari Shodmon Yoqubova, Tuyg’u Ishoqova, Bibixon Ortiqova, Maryam Sokolova, Gaziza Gabidovalar katta tashkilotchilik ishlarini olib bordilar.

Urganch shahridagi xotin-qizlar sho’’basida xotin-qizlardan Sharifa Ahmadjonova, Oysha Bikchurina, Saodat Qurboniyozova, Amina Nodirova, Maryam Divanova, To’li Botirova, Xojar Shokirova, Hadicha Olloqulova o’z davrining ilg’or kishilari edilar. Ammo bu davrda xotin-qizlar hayotida fojiali voqealar ko’p bo’ldi. 1925 yil oktyabrdan 1926 yil 1 yanvargacha uch oy davomida 50 o’g’il, 41 qiz tug’ilgan bo’lsa, shu davr ichida 26 o’g’il, 35 qiz vafot qildi. Shu davrda 32 nikoh va 12 taloq hisobga olindi. 1926 yil yanvar oxirida 25 o’g’il va 26 qiz dunyoga keldi. 5 o’g’il va 7 nafar qiz vafot qildi. 26 nikoh va 4 taloq hisobga olindi.

Ilg’or xotnn-qizlar fahat Xiva va Urganch shaharidagina emas, markazdan uzoqroq joylashgan rayonlarda ham shakllana boshladilar. Gurlan rayonining ijtimoiy tashkilotlarida 11 nafar xotin-qiz xizmat qildi.

Gurlan uezdi yoshlari orasidan etishib chiqqan faollardan Salima Osqorova, Jumagul Safoshova, Jumagul Rahmatullaeva, Durdiposhsha Karimova, Qurbonbika Ro’zmatova, Guljon Niyozova, Bozorbika Urozmatova, Norjon Davlatova alohida namunali xizmat qildilar.

Xorazm viloyat partiya qo’mitasiga a’zo va nomzod bo’lib saylangan Saodat Yoqubova, A. Yusupova, Matmurodova, I. Habibovalar ham shu davrda tashkilotchilik qildilar. Xorazm viloyati qishloq sho’rolariga saylangan a’zolari orasida 64 nafar, yoshlar uyushmasida 225 nafar xotin-qizlar hisobda turardilar. 20-yillarda xotin-qizlar partiya, yoshlar, kasaba uyushmasi va qo’shni uyushmasi kabi tashkilotlarning qaysi birining a’zosi bo’lishidan qat’iy nazar, yangi zamon maktablarining qaysi birida o’qishidan ham qat’iy nazar an’analardan «voz kechgan» hisoblanar edilar. Shuning uchun ham xotinlarning erlari, qizlarning ota-onalari, qarindosh-tug’ishganlari, ruhoniylar, xotin-qizlarni tamoman ochishning ba’zi usullariga qarshi chiqdilar. Ilgari tarbiya sohasida din ham o’ziga xos bir harakat usuli bo’lgan bo’lsa, 20-yillarga kelib dinni tamoman «rad qilish», uning imkoniyatlaridan foydalanmaslik ko’p fojialarga yo’l ochdi. Bunday fojialarning sabablarini ta’lim-tarbiya usullaridan axtarmasdan «reaktsion» ruhoniylardan, «mehnatsiz» xo’jaliklardan, «yot unsurlardan», «eski qoloqlardan» izlandi.

Tarixiy taraqqiyot xorazmlik xotin-qizlarning mehnatda qobiliyatli ekanliklarini ko’rsatdi. Ammo xotin-qiz xizmatchilar, ishchilar haliyam evropalik xotin-qizlar hisobiga ko’proq o’stirildi. Kasaba uyushmasida evropaliklardan 64 xotin-qiz bo’lsa, mahalliy xotin-qizlardan jami 19 nafar edi.

Shu davrning o’ziga xos xususiyatlaridan shularni alohida ta’kidlab o’tmoq kerak: xotin-qizlardan ba’zilari bolalar tarbiyasida ancha o’zgarishlar qildilar. Birinchi bolalar bog’chalari, internatlar, bolalar uylari vujudga keldi. Kattalarning ota-onasiz bolalarga g’amxo’rligi oshdi.

Xorazm xotin-qizlarining ozodlik harakatiga rahbarlik qilishi sovet tashkilotlarining asosiy vazifasiga aylangan bir sharoitda bu harakatning katta natijalarga olib kelishi tabiiydir. Vaqtli matbuot va teatrlar ham, o’lkaning ilg’or kishilari va yoshlar tashkiloti ham, bilim yurtlari va sovet maktablari ham, qizil choyxonalar va devoriy ro’znomalar ham xotin-qizlarni yangi davr ishiga jalb qilishni asosiy vazi falardan deb bilib, shu ishda katta xizmat qildilar. Qizlar ta’lim-tarbiya texnikumlari, qizlar maktabi, qizlar pioner guruhi, qizlar dramatik truppasi, qizlar klubi va burchagi, qizlar to’garagi kabilar 20-yillarning boshlarida o’lka xotin-qizlari qo’lga kiritgan katta o’zgarshlardan edi.

1926 yil Xorazmning rayonlashtirilishi, shu yili xalq xo’jaligi ishlariga rahbarlik qilib kelayotgan devonlar o’z vazifasidan olinib, bu ishlarga sovet tashkilotlarining bevosita rahbarlik qila boshlashi, qozi va eski oqsoqollarning qo’lidan muhrlarning olinishi, yangi sho’rolarning saylanishi kabi voqealar xotin-qizlarni foydali mehnatga jalb qilish uchun qulay sharoitning vujudga kelishini bildirardi. 1927 yil butun O’zbekistonda boshlangan «Hujum» kompaniyasi bilan xorazmlik xotin-qizlarni yangi davr qurilishiga ommaviy ravishda jalb qilishning yangi davri boshlanib, xotin-qizlar xalq ho’jaligining barcha sohalarida katta kuch bilan shakllana boshladilar.

KO`P O`QILGANLAR