Qadimgi Xorazm kalendari
Xorazmning ma’lum bo’lgan qadimiy kalendar tizimi Iskandar Zulqarnayndan 980 yil ilgari bo’lgan. Xorazm davlatining boshlanishida haftani ishlatmaganlar. Ularda haftaning kunlari ma’lum moxiyatga ega deb hisoblangan. Kunlar hafta ichida nomlaridan tashqari bosh nomlarga ham ega bo’lgan. Masalan, xorazmliklar oyning har bir kuniga nom qo’yganlar. Bir oy ichida o’n bir kunning nomlanishi xorazmliklarda va so’gdiylarda bir xil bo’lgan.

Insoniyat tarixida 200 dan ortiq kalendarlar ishlatilgan. Shulardan anchasi mavzularga kiritilib, kalendarlarning vujudga kelish tarixi, tuzilishi o’rganib kelinmoqda. Ba’zi Xalqlarning kalendarlarini ko’klarga ko’tarib, boshqa kalendarlarga asos bo’lgan deb xulosalar chiqarishgan. Vaxolanki er yuzida yashayotgan millat, Xalqlar xatto okean ortida bo’lsa ham, bir-birlari bilan aloqada bo’lmagan davrlarda ham har birlari o’zlariga xos turmush tarzlariga ega bo’lganlar. Tabiiy sharoitlari, urf-odatlari, diniy tasavvurlaridan kelib chiqib hayot kechirganlar. “Buyuk ipak yo’li”ning ochilishi, Buyuk geografik kashfiyotlardan keyingi davr tsivilizatsiyasini falon davlatniki, millatniki deb ajratib ko’rsatishga xojat yo’k.

Bu voqealardan keyin xech qaysi xalq, elat boshqa xalqlardan uzilib qolgan, o’z xolicha yashagan emas, aks xolda xech qanday taraqqiyot bo’lmagan bo’lar edi. Shunday bo’lsada har bir xalq o’z tarixini o’rganar ekan, biz ham o’z tariximiz, buyuk allomalarimiz bilan faxrlansak arziydi. Shu paytgacha boshqa kalendarlar tarixini o’rganib, Qadimgi Xorazm kalendari haqida deyarli ma’lumotga ham ega emas edik. Xorazm qadimgi ilm-fan beshigi, “Avesto” 2700 yilcha mukaddam shu zaminda vujudga kelgan deb xulosa chiqarar ekanmiz, Xorazm kalendari ham shundan uzoqroq vaqtga , tarixga ega. Zardushtiylik dini paydo bo’lgan ekan, uning bevosita rasm-rusumlarini ado etish uchun vaqt hisobini bilish kerak edi, shuning o’zi qadimgi Xorazm kalendariga asos solgan. Ammo, afsuslar bo’lsinki bu kalendar haqidagi ma’lumotlar Xorazm xalqining buyuk farzandi Abu Rayxon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobidan boshqa tarixiy manbalarda saqlanib qolmagan. Turli joydan kelgan boskinchilar O’rta Osiyo xalqlari tarixini izsiz o’chirish, boyliklarini talash, moddiy va madaniy yodgorliklarini yo’q qilib, o’zlarini ustun qo’yishga harakat qilganlar. Shu jarayonda kitoblar qatorida yozma kalendarlar ham yo’k qilib yo’qolib ketdi. Faqat yodda saqlanganlarinigina Beruniy tiklash sohasida xizmat qildi. Shuning uchun Xorazm kalendarini o’rganishda faqat Abu Rayxon Beruniyning “Osor al-boqiya” asariga suyanamiz.

Xorazmning ma’lum bo’lgan qadimiy kalendar tizimi Iskandar Zulqarnayndan 980 yil ilgari bo’lgan. Xorazm davlatining boshlanishida haftani ishlatmaganlar. Ularda haftaning kunlari ma’lum moxiyatga ega deb hisoblangan. Kunlar hafta ichida nomlaridan tashqari bosh nomlarga ham ega bo’lgan. Masalan, xorazmliklar oyning har bir kuniga nom qo’yganlar. Bir oy ichida o’n bir kunning nomlanishi xorazmliklarda va so’gdiylarda bir xil bo’lgan.

Xorazmliklar oy manzillarini ishlatganlar. Ulardan astronomiyaga oid xukmlar chiqarganlar. Manzillarini, ismlarini yodda saklaganlar. Oy manzillarini 12 burjga taqsimlab, burjlarni o’z tillarida aloxida-aloxida nomlaganlar. Beruniy: “Xorazmliklar burjlarni arablardan yaxshiroq bilganlar” deb qayd etadi. Xorazmliklar bilan so’gdiylar yil boshini belgilash uchun ortiqcha kunlarni ko’shishda bir xil amal qilganlar. Ular quyosh yili har 115 yilu 365 kundan, 116 yili esa bunga 1 oy va 1 kun ko’shiladi deganlar.

Yangi yil Xorazmda navsorjidan boshlangan. “Biror muddat o’tib ketgan yilning avvalidan hisobga olinadigan ma’lum bir muddatga tarix deyiladi… Millatlarning tarixlarni ishlatishda bir-birlaridan farq qilganlari kabi, oylarning avvallari, har bir oyning necha kun bo’lishi va buning sabablari masalasida ham ajraladilar”,- deb yozadi Beruniy.

Xorazmliklar ishlatadigan oylar o’n ikkita bo’lib, har biri o’ttiz kundan iborat bo’lgan.

Xorazmliklar isfandorajiy oyining oxiriga ko’shiladigan ortiqcha besh kunning birinchisini oyning birinchi kuni rimjd bilan atab, qolgan kunlarga ham birin-ketin keyingi nomlarini berishlarini va beshinchi kunni isfandorajiy deb atashlarini, undan keyin novsorjiy oyi kunni yana rimjddan boshlanishini A.R. Beruniy aniqlagan. Xorazmliklar oxirgi oyga ko’shiladigan bu besh kunga aloxida nom bermaganlar.

“Keyin – deb, yozib o’tadi Beruniy – Qutayba ibn Muslim al-Boxiliy xorazmliklarning kotiblarini xalok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, o’z extiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo’ldilar. Uzoq vaqt shunday bo’lgach, ular ixtilofli narsalarni unitib, kelishib olganlarini yodda saqlab qoldilar”. Ha, ana shu yodda saqlab bizgacha etkazilgan oy nomlari aytish qiyin bo’lmasin biz uchun tarix, o’tmish, ajdodlarimiz akl-zakovatining maxsulidir.

KO`P O`QILGANLAR