Xorazm viloyatida o’zbek so’mini qalbakilashtirgan jinoiy guruhga hukm o’qildi
Xorazm viloyati bojxona boshkarmasi va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tezkor tadbir davomida Xonqa tumanida qalbaki pullarni yasash va o’tkazish bilan shug’ullangan jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi.

Aniqlanishicha, fuqaro N.Madrahimov va uning jinoiy sheriklari X.Matrasulov, J.Otaniyazov. Ya.Abdullaev, F.Jumaniyazov va voyaga etmagan T.Beknazarovlar (maqoladagi barcha ism-shariflar o’zgartirilgan) oldindan jinoiy til biriktirib, uyushgan holda juda ko’p kiymatdagi o’zbek so’mini qalbakilashtirib yasash va o’tkazish bilan shug’ullanib kelishgan.

O’tkazilgan tezkor tadbir jarayonida N.Madrahimovga tegishli bo’lgan "Damas" rusumli avtomashina xolislar ishtirokila ko’zdan kechirilganida, unda bir xil seriya va raqamli 592 dona 1000 so’mlik qalbaki kupyuralar, har birining orqa va oldiga 4 donadan kupyuralar tasviri tushirilgan, ammo qirqishga ulgurilmagan 25 dona A-4 formatdagi qog’ozlar, 1000 so’mlik kupyuralarni o’rashga mo’ljallangan 992 dona belbog’lar va 10 dona paketchalar borligini aniqlandi.

Tergov jarayonida jinoiy guruh jami qalbaki 1,1 mln. so’mlik kupyuralarni yasashgan va bir qismini muomalaga kirgizishgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan 2015 yil 25 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo’yicha Xorazm viloyati Xonqa tumanini sudida hukm o’qildi va jinoiy guruh a’zolari O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo’yicha jazoga tortildi.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati
customs.uz

KO`P O`QILGANLAR