Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti.
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti.
1962 yil Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug’ilgan. Мillati - o’zbek. Ma’lumoti oliy. 1988 yilda Toshkent temir yo’l muhandislari institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi bo’yicha tamomladi.
Ish faoliyatini 1980 yil Urganch lokomotiv deposida mashinist yordamchisi lavozimida boshladi. 1988 yil Toshkent temir yo’l muhandislari institutini tamomlagandan so’ng Toshkent teplovozlarni ta’mirlash zavodining ustasi, teplovoz sexi boshlig’I o’rinbosari va vagon ta’mirlash sexi boshlig’i bo’lib ishladi.
1995 yil mart oyida “O’ztemiryo’lmashta’mir” UK bosh direktori etib tayinlandi.
2001 yil may oyida “O’zbekiston temir yo’llari”ning bosh menejeri-bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.
2002 yildan buyon “O’zbekiston temir yo’llari”ning boshqaruv raisidir. 2000 yilda “O’zbekiston Respublikasi xizmat ko’rsatgan sanoat ishchisi” davlat unvoni bilan taqdirlandi. 2007 yil avgust oyida “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, 2011 yil avgust oyida “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi, 2013 yilda esa “O’zbekiston qahramoni” unvoni berildi.
O.J. Ramatov oilali, uch nafar qizi bor.
www.gov.uz www.railway.uz