Xorazmda sarhisob tanlovi bo’lib o’tdi
Yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ’ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, dinlararo bag’rikenglik va hamkorlik g’oya¬larini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o’sib kelayotgan yosh avlodni yot g’oyalardan himoya qilishda faollik ko’rsatgan ijodkorlarni qo’llab-quvvatlash va munosib rag’batlantirish maqsadida «Sarhisob» tanlovi o’tkazib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan 2017 yil 15-dekabr kuni Xorazm viloyati TATU Urganch filiali anjumanlar saroyida ushbu tanlovning viloyat bosqichida 2017 yilning 1 yanvaridan 2017 yilning 1 noyabrgacha ma’naviy-ma’rifiy mavzularda gazeta va jurnallarda bosilgan va internet tarmog’ida e’lon qilingan maqolalar, radio orqali efirga uzatilgan radiouzellar va televideniedagi ko’rsatuvlarda, tadbirlardagi ishtiroki bo’yicha g’oliblarni aniqlash va taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Musulmonlari Idorasi Movarounnahr nashriyoti direktori Abdujalil Xo’jam, O’zbekiston Musulmonlari Idorasi Xorazm viloyati vakili X. Abdullaev va bir qancha hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok qildi. G’oliblar ushbu nominatsiyalar bo’yicha aniqlandi:

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki uchun. Urganch shahar “Miskin bobo” masjidi imom-xatibi Qo’ziboy Masharipov.

Internet saytlardagi maqolalar bo’yicha. Bog’ot tuman bosh imom-xatibi, “Darvesh bobo” masjidi imom-xatibi Rashidbek Ernazarov.

Radio orqali chiqishlar bo’yicha. Urganch shahar “Imom Faxriddin ar Roziy” O’MIBYu mudir o’rinbosari, Urganch tuman “Shayidlar bobo” masjidi imom-xatibi Muzaffar Avezov.

Televideniya orqali chiqishlar bo’yicha. O’MI Xorazm viloyati vakili o’rinbosari, Urganch shahar “Oxun bobo” masjidi imom-xatibi Xasanboy Kenjaev.

Tadbir davomida bir qancha matbuot nashrlari jamoalari va xodimlari ham o’z yo’nalishlari bo’yicha g’olib deb topildi. G’oliblar maxsus diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbirda Movarounnahr nashriyoti direktori Abdujalil Xo’jam 2017 yilgi diniy nashrlardan Hidoyat jurnali va Islom nuri gazetasiga obunani juda yaxshi tashkillashtirgan masjid imom-xatiblarini O’zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy U. Alimovning tashakkurnomalari va Movarounnahr nashriyotining maxsus sovg’alari bilan taqdirladi.

O’MI Xorazm viloyati vakilligi

KO`P O`QILGANLAR