Xorazm viloyatidagi xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashlari deputatlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
Kun tartibiga bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosini saylash masalasi kiritilgan edi.

"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi hisoblanadi va uning a’zolari Qorakalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi.

Qonunchilikka ko‘ra, Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida o‘tkaziladi va mazkur deputalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat Kengashlari, tuman va shahar Kengashlari deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

Qo‘shma majlisida raislik qiluvchi tavsiyasi bo‘yicha Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha deputatlik faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan obro‘li, tajribali, yoshi ulug‘ deputatlar ichidan har tuman va shahardan bir vakildan, ya’ni 13 kishidan iborat Oqsoqollar Kengashi saylandi.

Oqsoqollar Kengashi Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Matyakubovich Sabirov Senat a’zoligiga nomzod etib ko‘rsatdi.

Yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish uchun nomzodning familiyasi, ismi va sharifi o‘qib eshitttirildi.

Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra Xorazm viloyatidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Matyakubovich Sabirov saylandi.

Shuhrat Matkarimov, viloyat hokimligi matbuot kotibi

KO`P O`QILGANLAR