Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov “Ulli hovli” majmuasida bo’ldi
O’zbeklar va turkmanlar qadimdan yonma-yon, hamjihat yashab kelgan. Xiva xonligi davrida turkmanlar uchun qishloqlar, uy-joylar barpo etilgan. Urganch tumanidagi “Ulli hovli” majmuasi ana shunday tarixiy obidalardan biridir.

O’n ettinchi asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o’rab turgan qo’rg’on saqlanib qolgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan bu erda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yigirma o’rinli mexmonxona qurildi. Turkman o’tovlari o’rnatildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratildi.

O’zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari “Ulli hovli”ni tomosha qildi.

Shu erda o’zbek va turkman mumtoz qo’shiqlaridan namunalar ijro etildi.

манба: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti