Gemotologiya bo’limida kamqonlik va leykoz kasalligiga chalinib bo’limda davolanayotgan 10 nafar bolalarning xolidan xabar olindi va bolajonlarning ota-onalari bilan suxbatlashishdi.
Leykoz kasaliga chalingan bemorlarga beriladigan dorilar asosan chet eldan kelishi va shu bois dorilarning yurtimizga, xususan viloyatimizga kelishida tanqislik mavjudligi aniqlandi. Bu muammoni xal qilish uchun zaruriy choralar ko’riladigan bo’ldi.
Viloyat hokimi viloyatimizda leykoz kasali bilan og’rigan bemor bolalarga shakklantirilgan ro’yxat asosida oyma-oy zarur dori-darmon vositalarini etkazib berish uchun moliyalashtirishni o’z nazoratiga oldi.
Kelgusida bor imkoniyatlarni ishga solib zarur dorilarni Xindistondan to’g’ridan to’g’ri olib kelish choralari ko’rilishi ma’lum kilindi.
Nodira Romanova