Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi.
Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak - matn; ko‘pincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) - zardushtiylikning mukaddas kitoblari to‘plami.

Ko‘pchilik tadqiqotchilar 86 fikriga ko‘ra, Avesto O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. Avestodagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan. Avesto uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimiy qismlari mil. av. 2-ming yillik oxiri - 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda Avesto tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hakozalar qo‘shilib borgan. Avestoni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51-78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan.

Sosoniylar davri (3-7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. Avesto 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. Avesto hajmi katta kitob bo‘lganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foydalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli - "Kichik Avesto" (Xurdak Avesto) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamoalarida hozirgacha Avestoning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, Avesto tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771).

Avestoning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladigan kitoblarni o‘z ichiga oladi. Avestoda bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir.

Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi. Avesto ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam; forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Kishilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan.

Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik saltanati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi. Avestoning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu so‘z" va "ezgu amal" 87 kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylarning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi. Avesto o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimiy davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba.

«Avesto» toʻrt qismdan iborat:

Yasna («Diniy marosimlar»),

Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),

Visparad («Barcha ilohlar haqidagi kitob»),

Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»)

KO`P O`QILGANLAR