Minora 1853 yilda Muhammad Aminxon tomonidan qurila boshlangan va 1855 yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o’ldirilishi bilan qurilish ishlari to’xtab qolgan. Ogahiy tomonidan forsiy tildagi tarix bitilgan “Inson ko’nglini xursand qiladigan minorai oliy bunyod etildi. Uning monandini xali falak ko’zi ko’rmagan edi. Shoni olamning amirlari bilan bo’ldi. U tomoni ayb va nuxsonlardan pok. Agar odil ko’z bilan qaralsa savr daraxti xuddi xashakka o’xshab qoladi. Tubo daraxtidan ham dil ochadiganroq bo’ldi. Uning chiroyli ko’rinishi еr yuzini va osmonni xuddi jannatga o’xshatib yubordi.
Osmonning garduniga bir ustun ediki, uning vasfiga aql-idrok kamlik qiladi. Shu sababdin Ogahiy uning qurilish yilini yozdi. Intixosi yo’q falak ustuni 1271-hijriy, 1855 mеlodiy yilda qurildi”.
Minora turli rangdagi koshin qoplamalardan jilo bеrib ishlangan. Asrimiz boshlarida uni xalqimiz “Ulli minor”, “Ko’k minor” dеb ulug’lagan.
Surat 1883 yilda Muhammad Rahimxon madrasasining yuqori qismidan tushirilgan.