![]() Xalqaro hamkorlik jamiyat taraqqiyotida katta ahamiyatga ega. Buni Xorazm vohasi mehnatkashlarining 1920-1924 yillarda ochliq hukm surgan paytlarda Rusiya xalqlariga ko’rsatgan insonparvarlik yordamida aniq ko’rish, tushunish va namuna qilib ko’rsatish mumkin. 1914-1920 yillarda ochlik, urush, ekinning bitmasligi natijasida 20 million odam halok bo’ldi, 16-49 yoshlar orasidagi 4,5 million kishi- nogiron bo’lib qoldi. Bu davrda Rusiya ko’rgan zarar 39 milliard so’m edi. 1920 yilga kelganda milliy daromad 3 baravar kamayib ketib, 1917 yildagi 11 milliard so’mdan 4 milliard so’mga tushib qoldi. Ochlik xavfi kuchaydi.
|
![]() Miloddan avvalgi IV-III-II asrlarda qadimgi Xorazm mustakil davlat bo’lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baktriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu xol Xorazmda o’ziga xos maxalliy davlatchilik tizimi rivojiga muxim omil bo’ldi.
|
![]() Faqat mil.avv. IV asrlarga kelib ahamoniylarning markaziy hokimiyati kuchsizlana boshlagan, zulm asoratida bo’lgan xalqlar o’z mustaqilliklariga erishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Markaziy Osiyoda o’z mustaqilligiga birinchilar qatorida Xorazm vohasi erishdi.
|
![]() 1920 yil 30 aprelda Xorazm millatidan va dinidan qat’i nazar barcha mehnatkashlarning respublikasidir, deb e’lon qilindi. Shunday qilib 1920 yil aprel oyida Xorazmda mustaqil Xalh Respublikasi e’lon qilinib, barcha xalqlar bilan birodarlikda yashashga katta umid bog’landi.
|
![]() Arablar Xuroson, Movaruannxr va Xorazmni bosib olgach, hamma erda bo’lgani kabi o’lkamizda ham qattiqqo’llik bilan yurtni arablashtirish siyosatini olib bordilar. O’lkada islom dini bilan bir qatorda arab tili, arab alifbosi ham joriy qilindi. Arab tili-davlat tili, islom dini tili va fan tili darajasiga ko’tarildi. Mahalliy tilda yozilgan asarlar yo’q qilindi, erli bilimdonlar quvg’in ostiga olindi.
|
![]() 1510 yilda Shayboniyxon vafotidan keyin Xorazm Eron shohi Ismoil Safoviy hukmronligi ostiga tushib qoldi. 1512 yilda bu erda yana Dashti qipchoq vakillaridan bo’lgan Elbarisxon Xorazm taxtni egalladi va Xorazm xonligi paydo bo’ldi.XVII asrning birinchi yarmida Arab Muhammad hukmdorligi davrida xonlikning poytaxti Urganch shaxridan Xiva shahriga ko’chirildi.
|
![]() Xorazm vohasida bolsheviklar, qizil armiya kuchlariga qarshi qurolli kurash 1918-yil o’rtalarida boshlanib ketgan edi. Tajovuzkor kuchlar Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To’rtko’l)ni Xiva xonligiga qarshi hujum bazasiga aylantira boshladilar. Chorjo’ydan Amudaryo orqali harbiy kuchlar keltirildi. Xorazmning o’ng qirg’oq hududi XIX asrning 70-yillarida podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinib, harbiy istehkomga aylantirilgan edi.
|
![]() O’zbek davlatchiligi taraqqiyotida mamlakatimizning har bir vohayu vodiysining hissasi bo’lib kelganini biz bir necha bor ko’rdik. Shu ma’noda davlatchiligimiz ibtidosi qaror topgan ko’hna Xorazmda XI— XIII asr boshlarida kechgan siyosiy jarayon va uning tamom mintaqaga ta’siri katta qiziqish uyg’otadi. Biz quyida shu erdan chiqqan, ko’proq xorazmshohlar nomila mashhur sulola faoliyati haqida fikr yuritmoqchimiz.
|
![]() Qal’aning tashkil topishi 1947 yildagi arxeologik qazilmalar davrida topilgan hosildorlik, suv ma’budasi Anaxita haykalchasi va undan bir muncha keyinroq Katqal’adan topilgan Xorazmshoh Artavning zarb qildirgan asosiy pul birliklari hisoblanmish kumush va oltin tangalari bilan bog’liqdir.
|
![]() 1863 yil iyun oyida Xiva xonligiga kelgan mashhur venger sayyohi Herman Vamberi “kirakash savdo kemalarida Amudaryodan kechib o’tganligini” yozib qoldirgandi. Demak, Amudaryo orqali savdo-sotiq yuklarini tashish xorazmliklar uchun yangilik emas.
|