![]() 1910 yili Xiva xoni Isfandiyorxon va bosh vazir Islomxo'ja Sankt-Peterburgga borganlarida ajoyib shodiyonaning ustidan chiqishdi.Saroyda valiahd shahzodaning tug'ilgan kuni nishonlanayotgan ekan. Yaxshiyamki, Isfandiyor garchi xon bo'lsada, yoshligidan qilich yasashga ixlos qo'ygan ekan. O'sha safarda u o'zi yasagan tilla qilichni Peterburgga olib borgandi.
|
![]() Xorazmshoxlar davlati markazi -Gurganj yirik savdo va madaniy markazga aylangan. Shuningdek, Xazarasp, Kat, Xushmusan, Darg‘on, Savag‘on, Mang‘ishloq, Nuzkat kabi shaxarlari obod shaxarlar qatoriga kirgan
|
![]() Jaloliddin Manguberdi to umrining oxirigacha Xorazmshohlar davlatini qayta tiklash, mo‘g‘ullardan ozod etish istagi bilan harakat qildi.
|
Jazo otryadi faqat qoʻzgʻolonchilarni emas, balki ularning oila aʼzolari va qarindoshurugʻlarini ham shafqatsiz jazoladi, tinch aholi vakillari oʻldirildi.
|
![]() Ichan qalʼa qurilishida Xiva meʼmorlari Oʻrta Osiyoda qadimdan qoʻllanib kelgan uslub - inshootlarni roʻparama-roʻpara qurish uslubi ("qoʻsh")dan foydalanishgan.
|
![]() Elarslon otasi davrida Xorazmning bo’ysundirilgan ko’chmanchi turkman va qipchoq qabilalari yordamida Movarounnahrning ichki ishlariga ham tez-tez aralasha boshladi. 1158 yilda u katta qo’shin bilan Movarounnahrga bostirib kirdi. Bu vaqtda qoraxitoylarga vassal bo’lgan qoraxoniylar ko’chmanchi qarluq qabilalari bilan jang olib borishayotgan edi.
|
![]() Anushteginiylar davrida davlat boshqaruvi ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuidan iborat bo’lgan. Dargohda hojib, ulug’ hojib tutgan mavqe yuqori bo’lgan.
|
![]() Anushteginlar sulolasi vakillari, sobitqadamlik bilan, uzoqni o’ylab qilingan diplomatik ustomonlik, mavjud siyosiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan oqilona faoliyat olib borganlari natijasida ulkan imperiyani yarata olganlar.
|
![]() “Qadimgi Xorazm O’rta Osiyoning Misridir”- Insoniyat sivilizatsiyasining ko’hna makonlarini o’rgananuvchi arxеologlar ulkan yutuqlarga ko’hna Xorazm zaminidagi makonlar, qabriston, qal'a va qo’rqonlarni izlab topish va o’rganish jarayonida erishdilar. Xorazm tarixi, madaniyati va san'atini bеtakrorligiga yana bir marta amin bo’ldilar".
S.P.Tolstov
|